bola 9-10 oylik boiganda yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda
yura boshlashi uning hayotida nihoyat katta hodisadir. Bola yura
boshlagandan so‘ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta
imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun
sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura
oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish inkonoyatiga ega
boiadi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib mazmundor bo‘lishiga
yordam beradi.
Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo boia
boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir.
Bola juda ko‘p harakatlami va nutqni asosan taqlid qilish orqali
egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab nutqni tushunishga
o‘igata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o ‘yinchoq yoki biron
narsani bir necha marta nomini aytib ko‘rsatish kerak. Keyinchalik
bolaga ba’zi narsalaming nomi aytilganda, u ko‘zlari bilan shu
narsani qidirib topadigan boiadi. Bu narsa bolaning kattalar nutqini
tushuna boshlaganidan darak beradi. Bola nutqni ozmi-ko‘pmi
tushuna boshlaganidan so‘ng unga faqat narsalaming nomi emas,
balki ayrim sodda harakatlaming nomlarini o ‘rgata boshlash lozim.
Harakatning nomini og‘zaki takrorlab ayni vaqtda shu harakatning
bajarilishini ham bir necha marta ko‘rsatilsa, bola harakatning
nomini eshitishi bilan uni bajarisliga o ‘rganadi. Masalan, chapak-
chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa bola shu so‘z aytilishi
bilan chapak chaladigan, yosh bolaga “assalom alaykum”, deb
ta’zim qilib ko‘rsatilsa, bola shu so‘zni eshitishi bilan ta’zim
qiladigan boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |