narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan
narsa barcha o‘quvchilaiga ko‘rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning
eng muhim joylari o‘quvchilaiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak;
narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak;
zaruratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har
eiga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ
materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, hiokoya, tushuntirish,
ma’ruza bilan uyg‘un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak.
0
‘qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma
mashqlar, tajriba metodlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida
kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya
darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ulaiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini
o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o‘qituvchining rahbarligi
ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin.
Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi.
Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llanib,
turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘igazmali namoyish
etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o ‘quvchilami ilmiy
tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o ‘rgatib boradi, o ‘quv
materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi.
Ta’lim metodlarini tanlashda o ‘qituvchi, birinchidan, o ‘quv
materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik
rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |