vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati
bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo‘lajak harakatlami rejalashtirish,
kechayotgan harakatlarga nutqning yo‘ldosh bo‘lishi va harakat
natijalarini nutq vositasida ta’kidlab qo‘yishda namoyon bo‘ladi.
Bulaming bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bog‘chagacha davming oxiri kichik va o‘rta bog‘cha davriarda nutq
bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.
Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan
buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi,
kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi.
(“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”,
“Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko‘tarib qo‘yaman”). Bunda
nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje
“egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq
bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali
etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje
aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki
o ‘z tabiatiga ko‘ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga
sabab hali bolaning o‘ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro
farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik
bog‘cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat
qilishga moyil bo‘lishlari bilan bog‘liq. Bolaning mustaqil faoliyat
ko‘rsatishi qanchalik sust bo‘lsa, ushbu moyillik yuqori bo‘ladi.
Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o‘mini
Do'stlaringiz bilan baham: |