Z nishanova, G. Alimova
Psixologiyani o‘qitish vazifalari va psixologiya kursini
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
20.3. Psixologiyani o‘qitish vazifalari va psixologiya kursini
tuzish tamoyillari Psixologiya fani o‘qituvchisi oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: 1. Talabalar — bo‘lajak o‘qituvchilarda ilmiy dunyoqarash va yuksak axloqiy sifatlami tarkib toptirish. 2. Talabalarda kasbiy yo’nalganlikni tarbiyalash: ularda o'qituvchi faoliyatiga qiziqishni oshirish, bolalarga bo'lgan muhabbat, bolalami o‘rganishga bo'lgan intilishni kuchaytirish. 3. Talabalarda psixologiya bo‘yicha egallangan bilimlami pedagogik amaliyotda qo‘llash ko'nikmalarini rivojlantirish. 137 Mazkur vazifalami muvaffaqiyatli bajarish uchun psixologiya o‘qituvchisi o‘qitish metodikasini mukammal egalagan bo‘lishi kerak. 0 ‘qitish metodikasini yaxshi bilish nafaqat ta’lim usullari va metodlarini samarali qo‘llash, balki mavjud psixologik ma’lumotlar ichidan eng ishonchli, pedagogik jihatdan muhim ma’lumotlami ajratib olish uchun ham zarur bo‘ladi, ular asosida esa psixologiya kursi tuziladi. Quyidagi tamoyillar psixologiya kursining tuzilishi uchun asos bo‘ladi: ■ » 1.Barcha psixik hodisalar voqelikning in’ikosi- aksidir. Faoliyat jarayonida odam olamni aks ettirar ekan, u olamdagi narsa va hodisalar, ularning xususiyatlari, ular o'rtasidagi munosabatlar haqida bilimga ega bo‘lib boradi. Voqelikning inson tomonidan aks ettirilishi faol xarakteiga egadir. Chunki u insonning atrof olamga ta’sir ko‘rsatish va uni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyati davomida ro‘y beradi. Insonning bilish jarayoni uning individual xususiyatlari, to‘plangan bilim va tajribasi ta’siri ostida kechadi. Psixik faoliyat natijasida inson ongida ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi shakllanadi. 2.Psixika bu - yuksak taraqqiy etgan materiya, ya’ni miyaning xususiyati. Psixik hodisalar asosida tashqi muhit ta’siri asosida yuz beruvchi miyaning reflektor faoliyati yotadi.Tashqi muhit ta’siri miyada o‘zgarish, tormozlanish, nerv bog£lanishlarining hosil bo‘lishi kabi asab jarayonlarini keltirib chiqaradi. Miyaning reflektor faoliyati organizmning tashqi ta ’sirlarga nisbatan javob reaktsiyasini ta’minlaydi. Teskari afferentatsiyaning mavjudligi hisobiga odam va xayvonlar o‘z organizmining faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 3.Insonning butun psixik faoliyati sababiy taqozolangan. U tashqi va ichki muhit ta’sirlari bilan hosil qilinadi. Insonning fikrlari va hissiyotlari, harakatlari va xulq-atvori uning hayot tarzi, yashash va tarbiyalanish muhiti xususiyatlari bilan belgilanadi. Xatti-harakatlami tushunish uchun ularning motivlarini bilish kerak. Ularning sabablarini bilish uchun inson qahday muhitda tarbiya topgani, uni qanday insonlar qurshab turganini, bu insonning ular bilan qanday munosabatda ekanini bilish talab qilinadi. 138 4.Barcha psixik hodisalar taraqqiy etib boruvchi birliklar sifatida quriladi. Mazkur tamoyil inson va hayvonlar psixikasining filogenezdagi rivojlanishi uchun ham , inson psixikasining ontogenezdagi taraqqiyoti uchun ham o‘rinlidir. Taraqqiyot bu - sifat o'zgarishi, yangilikning paydo bo'lishidir. Aynan taraqqiyot davomida kuzatuvchanlik, yorqin xayol, chuqur fikrlash qobiliyati, murakkab va oliy insoniy hissiyotlar - vatanparvarlik, burch hissi, hamdardlik va boshqa insoniy fazilatlar, shaxs xususiyatlari tarkib topib boradi. Yangi xususiyatlar insonning amaliy faoliyati va boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabat va muloqoti natijasida shakllanadi. 5.Inson tafakkuri uning faoliyatida shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Inson narsa va hodisalami, ulaming xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi munosabatlami bu narsa va hodisalarga ta’sir ko'rsatibgina bilishi mumkin. Insonning narsa va hodisalarga ta’siri esa faoliyat orqali amalga oshadi. Aynan faoliyat davomida inson boshqalami va o‘zini bilib boradi. Faoliyat xususiyatlari, uning amalga oshirish jarayoni shaxsning turli tomonlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 6.Наг bir psixik hodisa bir butun, yaxlit xolda ko‘rib chikilishi kerak. Inson psixologiyasi yaxlit voqelikdir. Shaxs xususiyatlari, bilimlari, hayotiy tajribasi psixik hodisalarga faqat o‘ziga xoslik baxsh etadi. Temperament xususiyatlari ko‘pgina psixik jarayonlami o ‘ziga xos tarzda kechishiga sabab bo‘ladi. Faoliyat davomida shakllanib shaxs xususiyatlari psixik jarayonlaming kechishiga ta’sir ko‘rsatadi, insonning xulq- atvori va xarakatlarini belgilab beradi. Inson shaxsining barcha tomonlari bir-biri bilan bog‘liq. Faoliyat motivatsiyasi shaxs yo‘nalishiga bog‘liq, diqqatning rivojlanishi xarakterda irodaviy sifatlaming shakllanishiga bog‘liq va hakazo. 7.Nazariy psixologiya bilimlari amaliy pedagogik faoliyat bilan bog'lanishi kerak. Pedagogika oliy o ‘quv yurtida o‘qitiladigan psixologiya kursining asosini umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya tashkil etadi. Umumiy psixologiyada umumiy psixologik qonuniyatlar, psixologiyaning nazariy tam oyillari, asosiy kategoriyalari metodlari o‘rgatiladi. Yosh psixologiyasida psixikaning ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlari yoritilsa, pedagogik - psixologiya ta’lim-taibiya jarayonlarining psixologik jihatlarini ochib 139 beradi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida yoki o'rta maxsus bilim yurtida psixologiyani o'rgatishning o'ziga xosligi shundaki, bu erda psixologiyani o‘rganishning o‘zi maqsad emas. Bo'lajak o'qituvchi va tarbiyachilarga psixologiyani o‘qitishning asosiy maqsadi psixologik bilimlarni pedagogik faoliyatda qo'llashga o‘rgatishdan iboratdir. Pedagogika o‘quv yurtlaridagi psixologiya kurslari yuqorida sanab o'tilgan tamoyillar asosida tuzilsa, ular talabalar psixologik bilimlarining hayot va kasbiy faoliyatdagi ahamiyatini tushunishlari, shaxs sifatida shaldlanishlarida muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling