Z nishanova, G. Alimova


Gumanitar fan sifatida psixologiya mazmunining o‘ziga


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

20.2. Gumanitar fan sifatida psixologiya mazmunining o‘ziga 
xosligi va psixologiyani o‘qitish maqsadlari
Ta’lim maqsadi va o‘quv fanining mazmuni doimo o‘zaro bog'liq 
bo'ladi. Fan mazmuni ta’lim maqsadini belgilab beradi.
Psixologiyani o‘qitish maqsadlari gumanitar fan sifatida 
psixologiya mazmunining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Ammo 
psixologiya har doim ham gumanitar fan sifatida talqin etilmaydi.
Ayrim o‘rinlarda u eng awalo, tabiiy yoki biosotsial fan sifatida 
ta’riflanadi. Albatta psixologiya o‘rganadigan hodisalaming barchasi 
muayyan tabiiy substratlar, ya’ni tuzilmalar bilan bog‘liq. Biroq
136


psixik voqelikni o‘rganishning ko‘pchilik metodlari ijtimoiy fanlaming 
metodidir.
Gumanitar bilim — ilmiy bilimning alohida turi bo’lib, tabiiy 
bilimdan farqli ravishda uning diqqat markazida buyumlar emas
balki shaxslar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, sub’ekt-ob’ekt tizimi 
emas, sub’ekt-sub’ekt tizimi turadi. Gumanitar bilimning ushbu 
xususiyatlaridan kelib chiqib, psixologiya mutaxassislarga va 
psixologiyani pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun 
o‘rganayotganlarga o‘qitish maqsadini belgilab olish mumkin.
Psixologiyani o'qitish maqsadi — turli hayotiy sharoitlarda 
odamlar bilan muloqot va munosabat qila olish uchun zarur bilimlar, 
metodlami nazariy hamda amaliy jihatdan egallash. Psixologik 
bilishning muhim xususiyati unda bilimlar va ular asosida amalga 
oshiriladigan harakatlaming birligi, nazariy va amaliy tomonlaming 
uyg‘unligidan iborat. Bilim va harakat birligi odamning boshqalar va 
o'zini bilishga erishishi orqali ro'yobga chiqariladi. Psixologiyani 
o ‘qitish faqat boshqa odamlarning xulq-atvori, fikrlash tarzini 
o‘zgartirish usullarini o‘rganishga emas, ayni vaqtda insonga o‘zini 
o‘zgartirish usullarini ham o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Albatta, umumiy 
maqsadga bir qancha xususiy maqsadlarga erishish orqali etishiladi. 
Qolaversa, maqsadga erishish qo‘yilgan vazifalaming muvaffaqiyatli 
bajarilishiga ham bog‘liq bo'ladi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling