Z nishanova, G. Alimova
"Ta’lim metodi” tushunchasining mazmuni
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
19.2. "Ta’lim metodi” tushunchasining mazmuni
Pedagogik adabiyotlarda “ta’lim metodi” tushunchasiga xilma xil ta’riflar beriladi. Yu.K.Babanskiy “ta’lim metodi ta’limiy vazifalami bajarishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining tartibga solingan, o‘zaro bog'liq faoliyat yuritish usulidir” degan ta’rifni beradi. TA Ilina ta’lim metodi deganda “o‘quvchilar bilish faoliyatini tashkil etish usuli”ni tushunadi. Didaktika tarixida ta’lim metodlarining xilma-xil tasniflari ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan tasnifga ko‘ra ta’lim metodlari og‘zaki, 124 amaliy, ko‘rgazmali metodlarga ajratiladi. Metodlar va metodik usullar. Har qanday metod ta’lim berish jarayonida muayyan metodik usullar orqali ro’yobga chiqariladi. Metodik usullar - u yoki bu metodning elementlari bo‘lib, ta’lim jarayonidagi o'qituvchi va o‘quvchining alohida harakatlarini ifodalaydi. Usui — metodning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadigan alohida qadam. Metodik usullar mantiqiy, tashkiliy va texnik usullarga bo’linadi. Mantiqiy usullar barcha metodlarda qo‘llanib, narsa va hodisalami taqqoslash, xulosalar chiqarish, umumlashtirish kabi fikrlash operatsiyalarini faollashtirish maqsadida ishlatiladi. Tashkiliy usullar o‘quvchilar diqqati, idroki va faoliyatini yo‘naltiradi. Texnik usullar taqdim etilayotgan ma’lumotni yetkazishni osonlashtiradi. Texnik usullaiga o‘qitishda har xil texnik jihozlar, yordamchi vositalardan foydalanish kiradi. Mashg'ulotlarda har bir metod turli metodik usullar yordamida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida xilma-xil metodik usullardan o‘rinli foydalana olish o‘qituvchining pedagogik mahorati va ijodkorligini ko‘rsatadi. Ijodkor o'qituvchi o‘z faoliyatida yangi usullami o‘ylab topadi va amaliyotda qo‘llaydi. 0 ‘qitishning og‘zaki metodlari. Og‘zaki metodlar ta’limda eng ko‘p qo‘llanadigan metodlar bo‘lib hisoblanadi. Didaktikada o‘qitishning og'zaki usullari uch turga o‘qituvchining hikoyasi, suhbat va ma’ruzaga ajratiladi. Hikoya metodi psixologiyada mashhur psixolog olimlaming hayoti va ijodi, katta psixologik kashfiyotlaming tarixini yoritib berish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodda nutqiy ko‘rgazmalilik, ya’ni og‘zaki ravishda tinglovchilarda obrazlami hosil qiUsh usulidan foydalaniladi. 0 ‘qituvchi hikoyasi syujetli tuzilishga ega bo'lishi, induktiv yoki deduktiv tarzda bayon etilishi mumkin. Suhbat metodi asosan o‘qituvchi va o'quvchi o‘rtasidagi savol- javob tariqasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu metod qo‘llansa, dars ko‘pincha savol-javob yo‘sinida olib boriladi. Suhbat 0‘quvchilaiga hali notanish bo'lgan material bo‘yicha o'tkazilishi mumkin emas. Bu metod ko‘proq yakuniy yoki umumlashtiruvchi darslarda qo£llanadi va egallangan bilimlar yuzasidan xulosalar chiqarishga 125 yo'naltiriladi. Наг qanday suhbatning asosiy tarkibiy elementi o‘qituvchining savollaridir. 0 ‘qituvchining savollari o‘rganilgan yoki o ‘rganilayotgan materialdan kelib chiqadi va o‘quvchilarning e’tiborini asosiy masalalarga yo‘naltiriladi. Savollar asta-sekin murakkablashtirilib borishi va o'quvchilarni mavjud bilimlarni qo‘llashga, ulardan foydalanishga undashi kerak. Ma’ruza metodi asosan maktabning yuqori sinflarida, o‘rta- maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari va oliy o’quv yurtlarida qo‘llanadi. Bu metod yordamida og‘zaki bayon etiladigan o‘quv materiali hikoyadagiga nisbatan hajman kattaligi, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, isbot va umumlashtirishlarining anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning yoki mashg‘ulotning bir qisminigina egallasa, ma’ruza odatda, ulami to‘liq qamrab oladi. Ma’ruza o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan bir soatlik mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir. Ko‘igazmalilik metodi o‘quvchilarga ko‘rgazmali vositalami yoki real ob’ektlami ko‘rsatishga asoslangan metoddir. Mazkur metod qo‘llanganda o‘qituvchi aslicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar hamda tasviriy-ко‘rgazmali materiallardan foydalanadi. Materiallarning barchasi illyustratsiya materiallari deb ataladi. Ko‘rgazmalilik metodi qo‘llanib, o‘quvchilarga illyustratsiya materiallari ko‘rsatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: ko‘rsatilayotgan narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsa barcha o‘quvchilarga ko'rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning eng muhim joylari o‘quvchilarga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak; narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak; zaruratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har erga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, hiokoya, tushuntirish, ma’ruza bilan uyg‘un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak. 0 ‘qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma mashqlar, tajriba metodlarini o£z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ularga ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o‘qituvchining rahbarligi ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin. Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi. Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo'llanib, turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘rgazmali namoyish etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o'quvchilami ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o'rgatib boradi, o ‘quv materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi. Ta’lim metodlarini tanlashda o'qituvchi, birinchidan, o‘quv materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling