Z nishanova, G. Alimova


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

122


XIX - BOB
PSIXOLOGIYA 0 ‘QITISH METODIKASI 
19.1 
Pedagogik jarayonning tarkibiy tuzilishi
Pedagogik jarayon pedagog tomonidan tashkil etiladi. Qachon, 
qayerda va kim tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik 
jarayon doim bir xil tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi. Uning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: maqsad, tamoyillar, mazmun, metodlar
vositalar, shakllar.
Maqsad o‘qituvchi va o‘quvchi intilayotgan yakuniy natijani aks 
ettiradi. Tamoyillar maqsadga erishish uchun qanday yo‘nalishlar 
bo‘yicha faoliyat olib borish lozimligini belgilaydi. Mazmun tanlangan 
yo‘nalish bo‘yicha maqsadga erishish uchun o ‘quvchilarga 
etkaziladigan ijtimoiy tajribaning muayyan qismini anglatadi. Ta’lim 
mazmuni deganda o‘quvchilaming o'qish jarayonida egallab olishi 
lozim bo'lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va 
malakalarning aniq belgilangan, jamiyat va davlat tomonidan 
tanlangan va tan olingan doirasi tushuniladi. Metodlar mazmunni 
uzatish va qabul qilish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi tomonidan 
qo‘llanadigan harakatlardir. Vositalar mazmunni uzatish va qabul 
qilish jarayonining samarador bo'lishini ta’minlaydigan maxsus 
qurollardir. Shakllar ta’lim mazmunini uzatish va qabul qilish 
yuzasidan amalga oshiriladigan faoliyat qanday sharoitda ro’yobga 
chiqarilishini belgilab beradi.
Pedagogik jarayon dinamik tabiatga ega bo‘lishi uch xil tuzilma — 
pedagogik, metodik va psixologik tuzulmalaming o‘zaro ta’sirlashuvi 
talab etiladi. Pedagogik tuzilma ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi, 
shakllari, m azm uni va hokazolarni aniqlashtiradi, ushbu 
jarayonlaming tashkil etilishi masalalami hal etadi. Metodik tuzilma 
tarkib toptirilishi uchun maqsad bir qator vazifalarga ajratiladi va 
ushbu vazifalar o'qituvchi va o‘quvchi faoliyatining bosqichlarini 
belgilab beradi. Masalan, metodik tuzilma faoliyatni qanday amalga 
oshirish haqida yo‘riqnoma (ko‘rsatma) berish, kuzatish amalga
123


oshiriladigan joyga borish, ob’ektni kuzatish, kuzatish natijalarini 
qayd etish, natijalami muhokama qilish kabi qismlardan tashkil 
topishi bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Mazkur ikki tuzilmadan 
tashqari pedagogik jarayon psixologik tuzilmani o‘z ichiga oladi. 
Psixologik tuzilma quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1) idrok, 
tafakkur, axborotni eslab qolish, o ‘zlashtirish jarayonlari; 2) 
o'quvchilaming qiziqishlari, moyilliklari, o ‘quv motivatsiyasi, 
emotsional holatining dinamikasi; 3) faollik dinamikasi, jismoniy 
va asosiy zo‘riqish, ishchanlik va toliqish. Demak psixologik tuzilma 
tarkibida 3 qismni ajratish mumkin: 1) bilim jarayonlari; 2) o‘quv 
motivatsiyasi; 3) zo‘riqish.
Ta’lim metodlari pedagogik jarayon tarkibida alohida o‘ringa ega. 
Keng ma’noda metod (grekcha nimagadir olib boradigan yo‘l) amaliy 
faoliyatlami anglatadi. Ta’lim metodi deganda, ta’lim jarayonida 
o‘qituvchi va o'quvchilaming kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan 
birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi.
Ta’lim shakllari muayyan belgilangan tartibda va sharoitda amalga 
oshiriladigan o‘qituvchi va o‘quvchining maxsus tashkil etilgan 
faoliyatini anglatadi. Ayni paytda umumiy ravishda ta’limni tashkil 
etishning ikki xil shakli ajratiladi: 1. Sinf-dars shaklida olib boriladigan 
mashg‘ulotlar; 2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan 
mashg‘ulotlar. Metodning ta’lim shaklidan farqi shuki, unda o‘quvchi 
tomonidan bilimlaming egallanishi usullari, pedagogik jarayonda 
o‘quvchining ham ishtirok etishi usullari qamrab olingan bo‘ladi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling