Z nishanova, G. Alimova


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

115


XVIII - BOB
0 ‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY
SHAKLLARI 
18.1. 0 ‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllari
Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars, oliy o‘quv 
yurtida ma’ruzadir. 0 ‘quv faoliyati vazifalari va metodlarga bog‘liq 
ravishda ta’limni tashkil etishning aynan bir shakli o‘z tuzilishini va 
tarkibini o ‘zgartirishi mumkin. Masalan, dars, o ‘yin-dars, 
konferentsiya-dars, munozara-dars kabi ko‘rinishlarda, ma’ruza esa 
muammoli ma’ruza, binar ma’ruza, telekonferensiya-ma’ruza kabi 
shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Maktabda darsdan tashqari ta’limni tashkil etishning boshqa 
shakllari-fakultativlar, to‘garaklar, mustaqil uy vazifalari va 
boshqalardan ham foydalaniladi. Nazoratning ham turli shakllari 
qo‘llanadi: yozma va og‘zaki imtihonlar, nazorat ishlari, mustaqil 
ishlar, test, suhbat.
Oliy o‘quv yurtida ma’ruzadan tashqari ta’limni tashkil etishning 
boshqa shakllari-seminarlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy 
tadqiqot ishlari, mustaqil ishlar, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa 
oliy o‘quv yurtida malaka oshirish va boshqalardan ham foydalaniladi. 
Nazorat turlari sifatida imtihonlar, baholashning reyting tizimi, 
mustaqil ishlar, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlami yozish 
kabilardan foydalaniladi.
18.2. Dars turlari va ularning tuzilishi
1. Yangi bilimlarni bayon etish darsi. Uning tuzilishi: darsning 
boshlanishini tashkil etish; darsning maqsad va vazifalarini bayon 
etish, yangi materialni tushuntirishga tayyorgarlik ko‘rish (uy 
vazifasini tekshirish, awalgi materiallami qaytarish va hokazo), yangi 
materialni tushuntirish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
2. Egallangan bilimlarni mustahkamlash darsi. Uning tuzilishi:
116


darsning boshlanishini tashkil etish, daisning maqsad va vazifalarini 
bayon etish, egallangan bilimlami mustahkamlash, darsni yakunlash 
va uyga vazifa berish.
3.Umumlashtirish va takrorlash darsi. Uning tuzilishi: darsning 
boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon 
etish, o‘quv materialini umumlashtirish va tizimga solish, darsni 
yakunlash va uyga vazifa berish.
4. Nazorat darsi. Uning tuzilishi: nazorat maqsadi va ishning tashkil 
qilinishi tartibini tushuntirish, nazorat mazmuni va uni bajarish 
usullari bilan tanishtirish, o'quvchilaming mustaqil ishlashi, darsga 
yakun yasash.
5. Aralash dars. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil 
etish, uy vazifasini tekshirish, dars maqsadi va vazifalarini bayon 
etish, takrorlash. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Maktab amaliyotida boshqa turdagi darslar — musobaqa darslari, 
maslahat darslari, bir-biriga o‘igatish darslari, ma’ruza darslari ham 
o‘tkaziladi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling