Z nishanova, G. Alimova


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

18.3. M a’ruza
Ma’ruza — an’anaviy ravishda oliy o‘quv yurtidagi ta’limni tashkil 
etishning etakchi shakli. Uning asosiy didaktik maqsadi talabalar 
keyinchalik o‘quv materialini o'zlashtirishlari uchun mo'ljal beruvchi 
asosni shakllantirishdan iborat. Ma’ruza o‘quv mashg'ulotlarining 
barcha shakllari uchun metodologik va tashkiliy asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishi quyidagi tartib 
bo‘yicha ish tutilishini belgilab beradi: mavzuni e’lon qilish, ma’ruza 
rejasi va mazmuni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan 
adabiyotlar ro'yxatini bayon etish, rejaga rioya qilgan holda material 
bilan tanishtirish. M a’ruzaga qo'yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat:
- bayon etiladigan axborotning yuksak ilmiy saviyaga ega bo‘lishi
- bayon etiladigan axborotning tizimlashtirilgan va metodik qayta 
ishlangan bo‘lishi
- ilgari surilayotgan g‘oyalar, fikrlaming etarlicha isbotlangan 
va dalillangan boiishi
117


- ishonarli dalillar, misollar, matnlar va xujjatlaming etarli 
miqdorda bo‘lishi
- fikrlaming aniq bayon etilishi va tinglovchilar tafakkurining 
faollashtirilishi
- muhokama qilinuvchi muammolar haqidagi turli nuqtai 
nazarlaming tahlil qilinishi
- asosiy g'oyalar va fikrlaming aniqlashtirilishi, xulosalaming 
shakllantirilishi 
»
- talabalaiga tinglash, fikrlash va axborotni qisqacha yozish borish 
imkoniyatining yaratilishi
- auditoriya bilan pedagogik aloqa o'matilishi, didaktik materiallar 
va texnik vositalaming qo‘llanishi
- matnning asosiy materiallari, konspekti, chizmalari, grafiklari, 
jadvallaridan foydalanishi.
18.4. Ma’ruza turlari
1. Kirish ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruza o‘rganiladigan fan 
yoki kurs haqidagi dastlabki yaxlit tasawumi hosil qiladi va talabaning 
mazkur sohadagi faoliyati uchun yo‘nalish beradi. Kirish ma’ruzasida 
ma’ruzachi talabalami kursning maqsad va vazifalari, boshqa o‘quv 
fanlari va mutaxassislami tayyorlash tizimidagi o‘mi bilan tanishtiradi. 
Qisqacha kurs mazmuni, bu sohadagi bilimlarning tarixiy taraqqiyoti, 
bu yo‘nalish bo'yicha izlanishlar olib boigan va olib borayotgan 
olimlar, ularning yutuqlari, tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlari 
haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, mazkur ma’ruzada kurs 
doirasida amalga oshiriladigan ishning metodik va tashkiliy tomonlari 
bayon etiladi, o‘rganish uchun tavsiya qilinuvchi adabiyotlar ro‘yxati 
taqdim etiladi, kurs muddatlari va tashkiliy shakllari aniqlashtiriladi.
2. Axborot ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruzada talabalaiga 
tushunish va eslab qolish talab etiluvchi ilmiy axborot bayon etiladi 
va tushuntiriladi. Axborot ma’ruzasi oliy maktab amaliyotida eng keng 
tarqalgan ma’ruza turidir.
3. Umumiy ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza muayyan kurs yoki 
uning ma’lum qismi yuzasidan egallangan bilimlarni umumlashtirish,
118


ushbu sohada qilingan ishlami xulosalash maqsadida qo'llanadi. Unda 
egallangan bilimlaming umumiy nuqtalari esga olinadi, o‘rganilgan 
masalalar va muammolar qisqacha bayon etiladi. Mazkur ma’mzada 
alohida savollar va masalalar batafsil muhokama qilinmaydi.
4. Muammoli ma’ruza. Bunday turdagi ma’mzada yangi bilimlar 
talabalaiga muammoli savollar, masalalar va vaziyatlami hal etishni 
taklif qilish orqali shakllantiriladi. Bunda talaba va o ’qituvchi 
hamkorlikda o‘ziga xos tadqiqot ishini amalga oshiradi - qo‘yilgan 
muammoli masalani echish orqali yangi bilimlami berish va egallashga 
erishiladi.
5. Vizuallashtirilgan ma’ruza. Bunday turdagi ma’mzada o‘quv 
materiali o'qitishning texnik vositalari ( 0 ‘TV), ya’ni audio- 
videotexnika orqali vizual shaklda taqdim etiladi. M a’ruza 
o‘qituvchining ko‘rsatilayotgan vizual materiallami izohlab, sharhlab 
borishi bilan amalga oshiriladi.
6. Binar ma’mza. Bunday turdagi ma’mzada o‘quv materiali 
ikki o’qituvchining (yoki ikki xil ilmiy maktab olimining, yoki 
o'qituvchi va talabaning) dialogi orqali etkaziladi.
7. Awaldan rejalashtirilgan xatoli ma’mza. Bunday turdagi 
m a’mzada talabalarga bayon etilayotgan axborotdan xatolar 
(mazmunidagi, orfografiya va orfoepiyadagi, ilmiy asoslaridagi 
xatolar) topish taklif etiladi. Bu yo£l bilan talabalar axborotni doimiy 
ravishda nazorat qilib borishga o'rgatiladi. Ma’mza so'ngida 
tinglovchilar aniqlagan va aniqlamagan xatolar tahlil qilinadi.
8. Konferentsiya ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza ilmiy-amaliy 
mashg'ulot sifatida tashkil etiladi va awaldan belgilangan muammo 
yuzasidan 5-10 daqiqa ichida o‘qib beriladigan ma’mzalardan tarkib 
topadi. Har bir ma’mza qo£yilgan muammoning muayyan tomonini 
yoritib bemvchi mantiqan tugallangan matndan iborat bo'ladi. 
Konferentsiya ma’mzaning so‘ngida o‘qituvchi qilingan ishga yakun 
yasaydi, talabalar ma’ruzalaiiga tegishli qo‘shimchalarni kiritadi va 
umumiy xulosalami chiqaradi.
9. Maslahat ma’mza. Bunday ma’mza turli ko‘rinishlarda 
o‘tkazilishi mumkin. Uning bir ko'rinishida o‘qituvchi ma’ruza vaqti 
davomida talabalaming butun kurs yoki uning ayrim bo‘limlaii
119


yuzasidan beridigan savollarga javob qaytarmaydi. Mazkrat 
ma’ruzaning yana bir ko'rinishida o‘qituvchi yangi o‘quv materialini 
bayon etadi so‘ngra talabalaiga savollar beradi va javoblaming bahs- 
munozara orqali topilishini tashkil etadi.
Maktabda va oliy o‘quv yurtlarida qo'llanadigan ta’limni tashkil 
etishning har bir shakli o‘ziga xos didaktik vazifalami hal etadi. 
Ta’limni tashkil etish shakllarining xilma-xilligi o‘qituvchilar; 
ijodkorligi va mahoratidan darak beradi. To‘g‘ri tanlangan ta’lim shakli 
o'qituvchi faoliyatining samaradorligini belgilab beruvchi omillardan 
biridir.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling