Z nishanova, G. Alimova
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.2. Fanni o‘qitishda o‘qituvchi qo‘Haydigan uslubiy yondashuv turlari
XVII - BO B
112 4. Nutqiy qobiliyatlar — o‘z fikrini, his-tuyg‘usini nutq yordamida ifodalab bera olish; 5. Tashkilotchilik qobiliyati — talabalarjamoasini uyushtira olish, ji pslashtira olish, ishini tashkil etish; 6. Avtoritar qobiliyatlar — talabalaiga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsata olish; 7. Kommunikativ qobiliyatlar — talabalar bilan muloqot qila olish; 8. Pedagogik xayol qobiliyati - pedagogik faoliyat natijalarini oldindan ko‘ra bilish; 9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga talabaga qarata olish. 17.2. Fanni o‘qitishda o‘qituvchi qo‘Haydigan uslubiy yondashuv turlari Bo‘lajak o‘qituvchilarda talabalik yillaridanoq darsni qanday uslubda o‘tishi haqida tasawurlar paydo bo‘ladi. Qanday uslubda dars o‘tishni har qaysi pedagog individual tanlaydi. Dars o‘tish uslubida pedagogning o‘z ishiga va talabalaiga bo‘lgan munosabati aks etadi. Hozirgi kunda psixologiyada boshqarish, shu jumladan, dars jarayonini tashkil etish va boshqarishning uch uslubi ajratiladi. Quyida ushbu uch uslub va ularga xos xususiyatlar keltiriladi: 1. Avtoritar uslub: mashg'ulotlaming maqsadi talabalaiga har doim ham tushunarli bo‘lavermaydi; o‘qituvchi ozchilik talabalaming ism-familiyasini biladi; o‘qituvchi ko‘proq “kuchli talabalar” bilan muloqotga kirishadi; o‘qituvchi talabalaming bahosini pasaytirishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni jahli chiqib qabul qiladi. 2. Demokratik uslub: mashg'ulotlaming maqsadi talabalaiga doim tushunarli bo‘ladi: o‘qituvchi ko'pchilik talabalaming ism-familiyasini biladi; o ‘qituvchi talabalar bilan muloqotga tanlovchan emas; o‘qituvchi talabalaming bilimini faoliyatini baholashda ob’ektiv yondashadi; o ‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni qiziquvchanlik bilan qabul qiladi. 113 3. Liberal uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalaiga ko‘pincha tushunarli bo‘lmaydi; o ‘qituvchi talabalarni odatda umumarf bilmaydi; o‘qituvchi “kuchli talabalar” bilan yumshoq,, “kuchsiz talabalar” bilan qattiq muomalada bo'ladi; o ‘qituvchi “kuchli talabalar” bahosini oshirishga, “kuchsiz talabalar” bahosini pasaytirib yurishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahogai befarq bo‘ladi. Har bir uslub o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Masalan, demokratik uslubda dars o'tilganda, talabalaming o‘z faoliyatidan qoniqishi yuqori bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida qat’iy qaror qabul qilish talab etilgan sharoitda avtoritar uslub ma’qulroq. Ammo avtoritar uslubda jazolash usullari haddan tashqari ko‘p qo‘llanadi. Shuning uchun vaziyat auditoriya, dars turi xususiyatlaridan kelib chiqib o’qituvchi u yoki bu uslubning ustun tomonidan foydalanish, zaif tomonlarini bartaraf etishi lozim. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling