Z nishanova, G. Alimova


16.2. Bolalar psixologiyasi faninini o‘qitish metodikasi kursining


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

109


16.2. Bolalar psixologiyasi faninini o‘qitish metodikasi kursining
tarkibiy tuzilishi
Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi o‘zining 
muayyan tarkibiy tuzilishiga ega. Uning asosini bolalar psixologiyasi 
fanining asosiy bo'limlari tashkil etadi. bolalar psixologiyasi fanini 
o‘qitish metodikasining tarkibi quyidagi qismlardan iborat:
1. Bolalar psixologiyasi fanining umumiy masalalarini o'qitish 
metodikasi. Bu bo‘limga bolalar psixologiyasi fani predmeti
metodlari, bola psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini 
o'rgatish masalalari kiradi.
2. Go'daklik va ilk bolalik davrlarida bola psixik taraqqiyoti 
xususiyatlari bilan bog'liq masalalami o‘qitish metodikasi.
3. M aktabgacha yosh davrida bola psixik taraq q iy o ti 
qonuniyatlarining mazmuni, psbdk taraqqiyotda bola faoliyati va 
ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati bilan bog‘liq masalalarni 
o‘qitish metodikasi.
4. Maktabgacha yosh davrida bola shaxsining taraqqiyoti, bola xulq- 
atvorining motivlari, bola shaxsi ma’naviy sifatlarining shakllanishi, 
bola hissiyotlari va irodasining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalami 
o'qitish metodikasi.
5. Maktiabgacha yosh davrida bola aqliy taraqqiyoti, bola nutqining, 
diqqatining, xotirasi va xayolining, shuningdek, tafakkurining 
rivojlanishi, bola sensor rivojlanishi bilan bogcliq masalalami o'qitish 
metodikasi.
6. Bolaning maktabga psixologik jihatdan tayyorlash bilan bog'liq 
masalalami o'qitish metodikasi.
Mazkur bo‘limlami o'qitish metodikasi pedagogika fani yutuqlari 
va bo‘lim mazmunidan kelib chiqib belgilanishi lozim bo'ladi.
16.3. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining asosiy
tamoyillari
Ta’lim jarayoni samarali tashkil qilinishi uchun o'qituvchi 
muayyan qoidalarga-o‘qitish tamoyillariga rioya etishi kerak. Bolalar 
psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi fanini o‘rgatishda qanday
110


tamoyillarga rioya qilinishi lozimligini o‘rgatish bilan bir qatorda 
o‘zi ham muayyan qoidalarga rioya etmog‘i lozim. Bu qoidalar 
quyidagilardan iborat:
1. Bolalar psixologiyasi va umumiy psixologiya fanlari bo‘yicha 
egallangan talabalar bilimiga tayanish;
2. D idaktika sohasida erish ilay o tg an y u tu q lar, ishlab 
chiqarilayotgan yangi metodlardan faol foydalanish;
3. Talabalarda fanni o‘qitish jarayoniga ijodiy yondashish ehtiyojini 
shaldlantirib borish;
4. Talabalarga metodika yuzasidan berilayotgan nazariy bilimlami 
real o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘lash;
5. Talabalar metodika bo'yicha egallanayotgan bilimlardan 
amaliyotda foydalanishga qanchalik tayyorligini aniqlab borish;
6. Psixologiya fanining boshqa sohalari — psixodiagnostika
psixologik treninglar o'tkazish metodikasi, psixokorreksiya 
imkoniyatlaridan foydalanish.
Mazkur qoidalar tamoyillarga muvofiq tashkil etilgan bolalar 
psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi talabalaiga sifatli metodik 
bilimning berilishini kafolatlaydi.



Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling