Z nishanova, G. Alimova


Amaliy qobiliyatlarning rivojlanishi


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

14.4. Amaliy qobiliyatlarning rivojlanishi
Amaliy faoliyatli qobiliyatlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. 
Ular orasida tashkilotchilik asosiy rol o‘ynaydi. Ulami ilk bolalik 
davrining so‘ngida kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilik qobiliyatining 
paydo bo‘lishi muloqotchanlik va guruhdagi faoliyatning rivojlanishi 
bilan uzviy bog'liq. Konstruktiv amaliy qobiliyatlar bog‘cha yosh 
davrida yaxshi rivojlanadi.
Ko‘pincha bolalar tomonidan ushbu tipdagi konstuktorlash 
jarayonida yaratilgan qurilmalar o'zlarining faoliyatlarida foydalanish 
uchun qo‘l keladi (qurilgan kema sayohatga jo‘naydi, uychalariga 
nafaqat qo‘g‘irchoq sig'adi, balki o‘zlari ham joylashadilar).
Qurilmalarni yaratish uchun maxsus qurilish vositalaridan 
ham foydalaniladi (masalan, taxtachalar, yog‘och, faner va 
kartondan yasalgan qutilar vah.z.). ushbu konstruktorlash tipi 
nafaqat bog'cha bolasining konstruktorlash qobiliyatini, balki 
m uloqotning zaru r m alakalari, axloqiy sifatlarn in g faol 
shakllanishini ta ’m inlaydi. B olalar o ‘zaro rejalashtirilgan 
harakatlari jarayonida maslahatlashish, tashabbus ko’rsatish, o ‘z 
takliflarini inobatga oldirish, yonbosish, bir-biriga yordam berish, 
umumiy yutuqdan zavqlanishni o‘rganadilar.
Ijodiy konstruktorlash ayniqsa, bog'cha yosh davrining oxiriga 
borib yorqin namoyon bo‘ladi, ulardan o‘z faoliyatini mustaqil 
rejalashtirish, ijodkorlikka moyillik kabilami kuzatishimiz mumkin.
14.5. Maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi
Maxsus qobiliyatlar — bu shaxsning individual psixologik
101


xususiyatlari bo‘lib, faoliyatning maxsus turlarida muvaffaqiyatni 
ta’minlaydi.
Bolalarda musiqiy qobiliyatlar juda erta shakllana boslilaydi. Ular 
awalambor o‘z tarkibiga chapakni his qilishda, yuqori musiqaviylikda 
(musiqaga emotsional javob qaytarish qobiliyati), shuningdek 
musiqani nozik did bilan farqlash (musiqaviylikning eshituvchanlik 
komponenti) qobiliyatida namoyon bo'ladi. B.M.Teplovning fikri 
bo'yicha, chapakni his qilish bilan mutanosib ravishda musiqiy- 
reproduktiv qobiliyat garmonik his-tuyg‘uning asosida yotadi. Musiqiy 
qobiliyatlar kerig qirralidir. Bog‘cha yosh davrida musiqiy qobiliyat 
faol tarzda rivojlanadi. Bog'cha yoshidagi bolalarning sevimli 
mashg'uloti bu rasm chizishdir. Musiqiy faoliyat kabi tasviriy faoliyat 
ham erta shakllanadi. Hatto agar ular u tarzda yorqin namoyon 
bo‘lmagan bo‘lsa ham barcha bolalarda bu qobiliyatni rivojlantirish 
kerak, zero rasm — shunday faoliyat turiki, uningsiz to'laqonli 
shaxs rivojlanishini tasawur qilish qiyin. Tasviriy faoliyat tevarak- 
atrofni yanada chuqurroq, to‘laroq ko‘rishga hamda uning go‘zalligini 
his qilishga o‘rgatadi.
V.I.Kirienko, E.I.Ignatev va boshqa psixologlarning fikricha
tasviriy qobiliyatlar o‘z o‘mida murakkab ta’limiy kompleksga ham 
ega bo£lib o‘z tarkibiga bir qator zarur va maxsus qobiliyatlami 
oladi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling