Z nishanova, G. Alimova


Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining metodik


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

17.3. Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining metodik
mahorati
Pedagogik faoliyatga tayyorlanishda talabalaming uzoq yillar 
davom ida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan 
o‘qituvchilarning tajribasini o‘zlashtirishi juda muhim. SHuning uchun 
talabalar har bir o ‘qituvchisi ish tajribasidan o ‘ziga, bo‘lajak 
pedagogik faoliyatiga imkon qadar ko£proq naisa olishga harakat qilishi 
lozim. Bunda talabalar har bir o‘qituvchining metodik mahoratiga 
e’tibor berishlari kerak bo‘ladi.
Pedagogik amaliyotning ko‘rsatishicha, metodik mahorati past 
bo‘lgan o’qituvchi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
- ta’lim metodlarini auditoriya xususiyatlarini hisobga olmay 
tanlaydi;
- tanlangan ta’lim usuli natijasini oldindan ko‘ra bilmaydi;
- faoliyatida ta’siming to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari ustun bo‘ladi;
- o‘z ko‘rsatmalarini aniq bajarishnigina yuqori baholaydi;
- pedagogik ta’siming tor doiradagi turlaridan foydalanadi;
- muloqotning avtoritar uslubidan foydalanadi;
114


- talabalarda itoatkorlik, bajaruvchanlik xususiyatlarini 
rivojlantirishga urg‘u beradi;
- bilimlami talabalarga uzatishgagina e’tibor beradi.
M etodik m ahorati yuqori bo'lgan o ‘qituvchi quyidagi
xususiyatlaiga ega bo‘ladi:
- pedagogik metodlami talabalar saviyasiga muvofiq tanlaydi;
- tanlangan metod va usullar orqali erishiladigan natijani 
oldindan ko‘ra biladi;
- faoliyatida ta’siming aylanma usullari ustunlik qiladi;
- talabalar o‘quv dasturini o'zlashtirishida ularda mustaqillikni 
rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi;
- pedagogik ta’sir etishning xilma-xil turlaridan foydalanadi;
- muloqotning demokratik uslubidan foydalanadi;
- talabalar emotsional-intellektual sohalarining rivojlanishiga 
urg‘u beradi;
- talabalarni faollikka undaydi, ular bilim larni o ‘zlari 
o‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor beradi.
Bolalar psixologiyasi fani o'qituvchisi o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlarga erishishi uchun undan yuksak metodik mahorat talab 
etiladi. Metodika sohasidagi mahorat ikki katta qismdan tashkil topadi. 
Birinchi qism bilim, ikkinchisi tajriba. 0 ‘qituvchi pedagogik tajribasi 
ortgan sayin uning metodik mahorati ham takomillashib boradi. 
Metodik mahorat asosini tashkil etuvchi bilim esa bolalar psixologiyasi 
fanini o'qitish metodikasini o‘rganish orqali hosil bo‘ladi. Nazariy 
bilim amaliy tajriba poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Yuksak metodik 
bilim va amaliy tajriba birgalikdagi yuqori mahoratli o‘qituvchini 
shakllantiradi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling