Z nishanova, G. Alimova


Yosh davrlari va pedagogik psixologiya


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

21.3. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya
Laboratoriya № 1
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya metodlari.
1. Psixologo-pedagogik tadqiqotning asosiy bosqichlarini 
izohlab berish.
2. Kuzatish sxemalarining namunalari asosida talabalarga o‘z 
sxemalarini ishlab chiqishni taklif etish.
Kuzatish maqsadlari:
a) 
yangi materialni o ‘zlashtirishda o‘quvchilar uchrayotgan 
qiyinchiliklami aniqlash;
c) o'qituvchining darsda o‘quvchilar bilan muloqotda boiish 
xususiyatlarini aniqlash;
d) darsda o ‘quvchilarning javob berishda uchrayotgan 
qiyinchiliklarini aniqlash;
e) o‘quvchilaming darsdagi muvaffaqiyatli harakatlari va ularga 
nisbatan o'qituvchi reaktsiyasini aniqlash (ushbu maqsadlardan biri 
tanlanishi mumkin).
3. Anketa namunalari bilan tanishish asosida yangi kichik anketani 
ishlab chiqishni talabalaiga taklif etish.
Laboratoriya № 2
Bog‘chagacha va maktabgacha yosh davrlarga xos psixologik 
xususiyatlar
1. Talabalaiga quyidagi masalalami ochib chiqishni taklif etish:
a) hayotning 1-yili yakuniga kelib bola psixik rivojlanishidagi
152


asosiy yutuqlar;
b) go‘dakning kattalar bilan bo'lgan muloqoti;
c) nutqning rivojlanishi;
d) maktabgacha yoshdagi bolalaming yetakchi faoliyati;
e) maktabgacha yoshdagi bolalaming psixikasidagi asosiy o‘zgarishlar;
2. Talabalarga “Katta odam va bola” roli o'yinini taklif etish.
Talabalar juft-juft qilib ajratiladi. Rollar almashib — almashib ijro 
etiladi. “Bola”ga u “katta odam”ga berishi lozim bo‘lgan savollar 
kartochkasi beriladi. Agar “katta odam” to‘liq javob bermasa, “bola” 
qo‘shimcha savollar beradi.
Guruh: a) javoblaming to‘g‘riligini; b) yosh xususiyatlarining 
hisobga olinganini; c) tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan 
javoblaming berilganini baholaydi.
Taxminiy savollar:
1. Mohira endi men bilan bo‘lmas ekan. Bugun u boshqa qiz bilan 
o'ynadi va kuldi. Nima uchun? (6 yosh)
2. Men Qorboboga xat yozdim. Nima deb o‘ylaysiz u javob 
yozarmikan? (6 yosh)
3. Chigirtkalar nima eydi? (5 yosh)
4. Nega mening savollarimga javob berishdan oldin “Nima desam 
ekan?” deb aytishadi (6 yosh)
5. Eng qimmat hayvon qaysi? (5 yosh)
6. Talabalami rivojlantiruvchi o'yinlar bilan tanishtirish. Masalan, 
ikki bo‘yalmagan sehrgarlar rasmi berilib, ulami bo‘yash taklif 
etiladi. Sehrgarlar shunday bo'yalishi kerakki, natijada qaysi biri 
yaxshi, qaysi biri yovuz ekanini ajratish mumkin bo‘lsin.
7. Laboratoriya mashg‘ulotiga yakun yasash.
Laboratoriya mashg‘uloti № 3
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish.
1. 
Mashg‘ulotdan awal talabalar maxsus dastur bo‘yicha maktabda 
kichik maktab yoshidagi bolalami darsdagi faoliyatlari davomida 
kuzatadilar. Maktabdagi kuzatishlar natijalari mashg‘ulotda quyidagi 
reja bo‘yicha muhokama qilinadi:
a) kichik maktab yoshidagi bolalaming darsdagi diqqatlariga xos '
153


xususiyatlar;
b) kichik maktab yoshidagi bolalar o‘quv faoliyatida konkret va 
umumlashma o‘rtasidagi nisbat;
c) kichik m aktab yoshidagi bolalar aqliy faoliyatning 
boshqarilishiga xos xususiyatlar.
Laboratoriya mashg‘uloti № 4
0 ‘smiming psixologik xususiyatlari
1. Talabalaiga “inqirozli davr”, “o‘tish davri”, “ulg'ayishning tashqi 
va ichki alomatlari” kabi tushunchalaiga izoh berishni taklif etish
2. Psixologik masalalar yechish
3. Masalalar echimlarini muhokama qilish
4. Q‘qituvchilar o‘smirlar bilan bo‘lgan munosabatda ko‘pincha 
yo‘l qo‘yadigan xatolami tahlil qilish.
Laboratoriya mashg‘uloti № 5
0 ‘spirinlik davrining psixologik xususiyatlari.
1. Mashg‘ulotdan oldin talabalar turli kurslarda ta’lim oluvchi 
pedagogika oliy o'quv yurtining talabalari qanday qiyinchiliklarga 
uchrashini aniqlash vazifasini bajaradilar. To‘plangan ma’lumotlar 
muhokama qilinadi va oliy maktabdagi ta’lim jarayonining talabalar 
psixik rivojlanishidagi о‘mi haqida tegishli xulosalar chiqariladi.
2. Autoanaliz psixotreningining elementlarini qo'llash. Quyidagi 
savollaiga javob izlash: “Sizga nima haqida suhbatlashish yoqimliroq?”, 
“0 ‘qishdagi qiyinchiliklaringizning sababini ayting”, “Qachon 
dilingiz shod bo‘ladi?”, “Sizni hayotda nima ko‘proq hafa qiladi?”
3. Autoanaliz natijalarini xulosalash
a) yoshga xos umumiy muammolar va qiziqishlar aniqlanadi;
b) o ‘xshash em otsional holatlarning um umiy sabablari 
aniqlanadi.
4. Psixologik masalalar yechish.
Laboratoriya mashg‘uloti № 6
Ta’lim psixologiyasi
1. Talabalarga quyidagi tushunchalaiga ta’rif berishni taklif qilish:
154


koinot, organizm, mashina, rostgo'ylik, inson omili. Ta’riflarda 
qo‘llangan belgilar ko'lami, to‘g‘ri qo‘llangani, ta’riflaming to‘g‘ri 
tuzilishga egaligini baholash amalga oshiriladi. Ta’rif berishda yo‘l 
qo‘yilgan odatiy xatolar muhokama qilinadi.
2. Guruh 4 kishidan kichik guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga 
quyidagicha topshiriq beriladi: psixologiyadan tarbiyaviy soat uchun 
material tayyorlash. Materialni bayon etish vaqti 10-12 min. Tavsiya 
etiluvchi mavzular: “Xotirani qanday qilib charxlash mumkin?”, 
“Irodani qanday qilib rivojlantirish mumkin?”, “Qanday qilib zararli 
odatlardan qutuUsh mumkin?”, “E’tiborli bo‘lish uchun nima qihsh 
kerak?” va h.k.
3. Har bir guruhning vakili tayyorlangan materialni doskaga chiqib 
bayon etadi. Qolganlar ma’ruzani quyidagi mezonlar bo‘yicha 
baholaydilar:
a) bayon qilish usuli-an’anaviy, dasturlashtirilgan, muammoli, 
interaktiv;
b) bayon qilishning emotsionalligi;
c) materialning mazmundorligi, qiziqarli bayon etilishi;
d) auditoriya bilish faoliyati faolligining oshirilishi;
e) doskadan foydalanish va materialning amaliy ahamiyati.
4. Natijalaming muhokama qilinishi
Laboratoriya mashg'uloti № 7
Taibiya psixologiyasi
1. Talabalarda o‘quvchilaming tarbiyalanganlik darajasini aniqlash 
ko'nikmasini tarkib toptirish
a) talabalami tarbiyalanganlikning belgilari va mezonlari bilan 
tanishtirish va ulami tanqidiy tahlil qilib, nomlashni taklif etish;
b) talabalaiga uch xil darajada — yuqori (yu), o‘rta (o‘), past 
(p) darajalaridan foydalanib o‘zlarining tarbiyalanganlik darajalariga 
baho berishni taklif etish;
c) natijalami umumlashtirish va butun guruhning taibiyalanganlik 
darajasi haqida umumiy xulosa chiqarish.
2. Masalalar yechish.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling