Z nishanova, G. Alimova


XAYOLNING BOLALARDA RIVOJLANISHI


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

73


XAYOLNING BOLALARDA RIVOJLANISHI
XII - BOB
12.1. Bolalar xayolining xususiyatlari
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda hali xayol bo‘lmaydi. Xayolning 
rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasawurlar zaxirasi 
hamda juda ko‘p bilimlar ketak bo‘ladi. Tajriba esa bolaning tashqi 
olamdagi narsa va hodisalami o‘zi ko'rsatishi, voqelik hamda turli 
sohalarga doir tasawur hosil qilishi katta odamlar bilan keng 
munosabatda bo‘lishi natijasida ortib boradi.
Xayol jarayonining dastlabki ko'rinishlari bolada ikki yoshga to‘lib, 
uch yoshga qadam qo‘yganida ko'rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda 
ko'rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydigan 
ixtiyorsiz xayoldir.
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilaming so‘zini 
yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasawurlar zaxirasini bevosita 
idrok qiUngan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar 
nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mavzulardagi 
hikoya va ertaklami qiziqib tinglaydi. 0 ‘zi asosiy qahramon bo‘lib 
qatnashadigan hikoyalami jonu-dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday 
hikoya bolaga juda tushunarli bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib 
turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi.
Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok 
qilgan voqealaiga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklami eshitishga 
juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklami tinglayotganida bolalaming 
tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma- 
xil va aniq tasawurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Bolalar xayolining o'sishida nutqning ahamiyati yana shundaki, 
nutq bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va uni boyitishi bilangina 
cheklanib qolmay, balki u miyada hosil bo'lgan yangi-yangi 
obrazlami so‘zlar bilan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki 
yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar hilpirab va quyosh
74


nurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini ko'rib, o‘zini polga 
tashlaydi va 
qarang, oyi, go‘yo dengizga o‘xshaydi. Men 
cho'milayapman...” deydi. Bola nutqida shu go'yo so‘zining paydo 
bo'lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z 
bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalami bir-biridan 
ajratadigan bo'ladi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli 
juda kattadir. Ulaming yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni 
ham o'zgarib boradi. Ikki yoshga to'lish oldidan bolalar o‘yinida 
muhim o£zgarishlar ro'y beradi. Manpulyatsiya o‘yinlari bilan bir 
qatorda tasviriy o'yin elementlari ham paydo bo'ladi. Bola turmushda 
ko‘rgan ish harakatlarini o'z o'yinida aks ettiradi. Masalan bola 
qo‘g‘irchog‘ini “ovqatlantiradi” , yotqizib “u x latad i” , uni 
“erkalaydi”, “arg'imchoqda” uchiradi. Bola katta bo'lgan sayin o'yinda 
katta yoshli kishilaming harakatlariga taqlid qilish tobora ko'p o'rin 
egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o'yinlar murakkablashib, mazmuni 
ham turli-tuman bo'la boradi. Masalan, bola o'ziga g'amxo'rlik 
qilayotgan onasining xarakatlariga, duradgor, shofyor, sartaroshning 
harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolalaming harakatlarida tasviriy 
faoliyat elementlarining paydo bo'lishi xayolning o'sayotganligidan 
dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalami qog'ozga chizib, nimanidir 
tasvirlashga urinib ko'radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati 
almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo'ladi. Ikki yoshga 
to'lganda bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida 
yangi, muhim element paydo bo'ladi. U endi o'zi chizayotgan rasmiga 
nom beradigan bo'ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi 
bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasawur xayolini o'stirishga 
yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina 
paydo bo'la boshlaydi. Bu nihollami diqqat-e’tibor bilan doimo 
parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalaming vazifasidir.
Bog'cha yoshidagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi. Agar 
kichik yoshdagi bog'cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o'sgan 
bo'lsa, o'rta va katta yoshdagi bog'cha bolalarida xayolning ijodiy turj 
ham o'sa boshlagan bo'ladi.
75


Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi, 
bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlaming paydo 
bo'lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bilan rivojlanishiga 
olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalaming xayol qilish 
qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan har 
tomonlama ustun turadi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling