Z nishanova, G. Alimova


BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

3


BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA
VAZIFALARI
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u 
turli yosh davrlari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, 
bir yosh bosqichidan boshqasiga o'tish qonuniyatlarini o'rganadi. Bolalar 
psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug'ilgandan yetuklik davrigacha inson 
psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin 
ta' kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, 
uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘daklikdan yetuklik 
davrigacha muiakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o‘ziga 
xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
1:1. Fanning asosiy kategoriyalari
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni 
tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: “ yosh “, “bolalik”, 
“taraqqiyot”, “o'sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”. 
Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan 
cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari
“taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi’, va boshqa 
bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya 
sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan. 
Bolalar psixologiyasi fanini o'rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning 
kategoriyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi 
fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to'xtalib o'tamiz:
Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun 
(tug‘ilgandan o'smirlikkacha bo'lgan davrni belgilash uchun) 
qo'llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko'ra 
bolalik — go'daklik (tug'ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 
3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va 
kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davrlami o'z 
ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o'tishi bilan miqdor 
va sifat jihatdan o'zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko'tarilishi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling