Z nishanova, G. Alimova


Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

2.2. Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari
Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga kesim” va 
“uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga 
oshiriladi.
Tadqiqot ko‘ndalangiga kesim shaklida o'tkazilganda turli yoshdagi 
bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat 
c>‘rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan 
tadqiqot natijalari o'zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik, 
o‘ria va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o‘yinlariga 
xos xususiyatlarni o'rganib, o'zaro solishtirib bolalar o ‘yinlari 
taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko‘ndalangiga kesim 
shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi 
farqlaiga qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psixolog- 
tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o'zgarishlami payqash 
uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi.
Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o'tkazilganda bir yoki bir necha 
bolaning muayyan vaqt oralig'idagi hayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi 
uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola 
psixikasi va hulq-atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi. 
Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bo'yicha 
ish boshlangan bo‘lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4- 
5 yil uzluksiz oerganish Orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirini 
aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo'ladi. Uzunasiga 
kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud


tiidqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab 
va ko‘p vaqt talab etadi.
2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
An ’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlaiga 
njratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti 
haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, 
so'rov, faoUyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi ma’lumot berib, 
bu ma’lumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin bo‘ladi.
Kuzatish.
Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan 
biri bo'lib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda 
idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifaiaridan kelib 
chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi 
talablarga javob berishi kerak:
1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola 
psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini 
aniqlashtirish lozim.
2. Kuzatish ob’ektiv bo'lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu 
liolat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o'tmaslik lozim.
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o'tkazilishi kerak.
4. K uzatish shunday o ‘tkazilishi kerakki, bola uning 
kuzatilayotganini bilmasligi lozim.
Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan 
hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega bo'lishi zarur.
Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan lcuzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
c) frontal va tanlanma kuzatish.
Kuzatish m etodining asosiy kamchiligi shundaki, unda 
kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish, 
kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda 
qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha 
asosiy psixologik metodlardan biri bo‘lib kelmoqda.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling