Z nishanova, G. Alimova
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘rni
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘rni
Bolalar psixologiyasi — yosh psixologiyasi fanining bo‘limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik liodisalaming o‘zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishini tadqiq etadi. Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari (juyidagilardan iborat: a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me’yorlarini ilmiy jihatdan asoslab berish; b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash; c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo'lishini aniqlash; d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o'ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish. Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida — bolalik, o'spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro'y bergan o'zgarishlami chuqur} o'rganish talab etiladi. Ayrim o‘rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to‘g‘ri deb baholash mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi. 1.4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi. Albatta, ular o'rtasida muayyan farqlar mavjud. O'rtadagi farq ulaming maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Fundamental—nazariy tadqiqotlaming asosiy maqsadi amaliyot uchun bo'lgan ahamiyatidan qa’ti nazar, psixik hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytirib borishdan iborat. Amaliy psixologiya esa kundalik hayot bilan bog'liq konkret muammolami hal etishga qaratilgan tadqiqotlami o'tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi shaxsining ta’sirisiz ham ilmiy metod o'z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning ajralm as qismi b o 'lib hisoblanadi. N azariy izlanishlarda q o 'lla n a y o tg a n m e to d larn in g ish o n c h lilig i, validligi, reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bular asosiy rolni o'ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlarni egallabgina haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo'lib yetishish mumkin. L.F.Obuxova o'rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengayadi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling