Z nishanova, G. Alimova
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Bola psixikasini o‘rganish printsiplari
8
II - BOB BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan, shug'ulangan asosiy psixologik maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlami ishlab chiqishni anglatadi. 2.1. Bola psixikasini o‘rganish printsiplari Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar — qoidalaiga tayanishi, ulaiga rioya etishi lozim bo‘ladi.Bu printsiplar quyidagilardan iborat: Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘Ub hisolanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan esa-da, tarbiyachi so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin. Sababiylikprintsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlaming hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar «‘rganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko'chadagi biron narsa bola e’tiborini o'ziga tortdimi, mashg'ulotda bola charchab qoldimi, o'tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo. Sinchkovlikvamuntazamlikprintsipi bolapsixikasi shakllanishi 9 jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu printsipga muvofiq oldindan: a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak; b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim; c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik printsipi buzilgan bo'ladi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling