Z nishanova, G. Alimova
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti Toshkent — 2006
O 'ZB EK ISTO N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VA ZIRLIGI Z. NISHANOVA, G. ALIMOVA BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI 0 ‘QITISH METODIKASI Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan Oliy o‘quv yurtlari Maktabgacha ta’lim (5141700) bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti Toshkent — 2006 Z. Nishanova, G. Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. -Т.: 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. 160 b. Qo'llanmada bolalar psixologiyasi fanining dolzarb muammolari yoritilgan. Chaqaloqlik, go'daklik, ilk bolalik,maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, irod^viy-hissiy xislatlari va psixologik xususiyatlari bayon etilgan. Shu bilan birga bolalar psixologiyasini o'qitish metodikasi fanining muhim jixatlari ochib berilgan. Qo‘lIanma psixologlar, tarbiyachilar, pedagoglar, maktabgacha tarbiya muassasasining mutaxassislariga, talabalaiga mo'lajalangan. Taqrizchilar: F.I.HAYDAROV psixologiya fanlari nomzodi, dotsent; X.ALIMOV psixologiya fanlari nomzodi,dotsent. © 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. KIRISH Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kim ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 0 ‘quv qo'llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya’ni bola tug'ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo'lgan davrini qamrab olgan. 0 ‘quv qo‘llanmada bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov asarlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida tarbiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda. Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi fani muhim rol o'ynaydi. 0 ‘quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar psixologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi, chaqoloqlik, go'daklik, ilk bolalik va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlardan ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha qimmatli materiallar berilgan. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanganidek, darslik va o‘quv qo‘llanmalaming yangi avlodini tayyorlash ishiga mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma munosib hissa qo‘shadi, degan umiddamiz. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling