3-BOB
NARSA, VOQEA VA HODISALAR TASVIRI
l-§. Udum, urf-odat, etnografik ko‘rinish
va an’analar tasviri
1. Personaj ruhiyati, shaxsi va dunyoqarashini ko'rsatuvchi
unsurlar.
2. Manzara tasviri
-
o ‘tmish qiyofasini ochib beruvchi vosita.
3. Hayot manzaralari va bosh qahramon kechinmalari.
4. To‘ylar va ijtimoiy qatlamlar.
Abdulla Qodiriy “0 ‘tkan kunlar” asarida to‘y
marosimiga,
xususan qizlar bazmida to‘liq - 10-qismni bag‘ishlaydi.
Adib qizlar bazmini maroq bilan tasvirlaydi:
“Qizlar majlisi- gullar, lolalar, to'tilar, qumrilar majlisi! Uyda,
Kumishbibining tog ‘asining uyida, qizlar mazlisi, qullar majlisi!
Adib majlisga kelgan qizlami tariflaydi.
Mana, majlis a ’zolari shunaqangi bir-birovidan о ‘toq malikalar,
parilar edilar, majlisning shoirlari, o'yinchilari childirma va
dutorchilari barchasi ham hozir bo ‘lib Kumushbibini ...kutadir.
Bu uyga o'ttiz-qirq chamalik qizlar yig'ilganlar, y ig ‘ilishdan
maqsad: qizlar о ‘zlarining eng latif, eng go ‘zal bir a ’zolarini bu
kun xotinlik olamiga uzatmoqdirlar. Bu uzatish majlisini jonli,
ruhli о ‘tkazmoq uchun barcha qizlar о ‘zlarining eng asl, eng nafis
kiyimlarini kiyib, favqulodda yasanib husn olamini yana bir qat,
yana bir qayta bejabdirlar...
Adib qizlar ta’rifidan so‘ng kelin ta’rifiga o‘tadi
Do'stlaringiz bilan baham: