Yuqoridagi tabiatning tasvirlari aw algi manzara tasviridan farqli
o‘laroq, qanchali zavqli bo‘lmasin, qahramonning - Otabekning
sog‘inch va qumsash bilan mayuslangan ko‘ngliga sig‘maydi.
Adib ana shu mutanosibsizlikdan mohirona foydalanib qahramoni
ruhiyatini ochib berishga muvaffaq bo‘lgan.
Oybek ham “Qutlug4 qon”
romanida manzara tasviridan
mohirona ikki yoqlama foydalangan. U bir tamondan tabiatning
go‘zalligini
nozik did, ziyrak fahm ila ilg‘agan, asar jozibasini,
o‘qimishli bo‘lishini ta’minlagan bo‘lsa, ikkinchi tamondan o‘z
qahramoni ko'nglidan o‘tayotgan his-tuyg‘ular
tabiat manzarasi
bilan uyg‘unlashib ketishligini ham ko‘rsata bilgan. Xususan,
quyidagi parchaga e’tibor qarStaylik.
Bu parchada tabiat manzarasi Gulnorni ilk bor uchratgan, uning
bir-ikki boqishidan to‘rga ilingan qushchadek pitirchilayotgan
yuragi
hayajonini bosa olmay, bu toqatsizlikdan allanechuk
zavqlanayotgan Yo‘lchining ko‘z o‘ngida namoyonlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: