Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


qiyiq qoshlar chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho'chigan


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

qiyiq qoshlar chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho'chigan 
kabi... to ‘Igan oydek g'uborsiz yuzi bir oz qizillikka aylangan -da, 
kimdandir uyalgan kabi... Shupayt ко ‘rpani qayirib ushlagan oq 
qo ‘llari bilan latif burnining о ‘ng tomonida, tabiatning nihoyatda 
usta qo ‘li bilan qo ‘ndirilgan qora holini qashidi va boshini yostiq- 
dan olib o'tiradi... Bu qiz suratida ko'ringan malak qutidorning 
qizi - Kumushbibi edi! ”
Agar adib Otabekni karvonsaroy hujrasida, о ‘ ziga munosib tarzda 
boshqa hujralarga nisbatan xashamdor bo‘lgan xonada o‘ltirgan 
holatida tasvirlagan bo‘lsa, Kumushni endigina uyg‘ongan, hali 
to‘shagidan turmagan holda allanarsani ko‘z oldiga keltirayotgan, 
qandaydir yoqimli ammo ohu xurkoviga o‘xshash his-hayajon 
og‘ushida tasvirlaydi va bu usul Kumush latofatini chandon 
oshirishga xizmat qiladi.
Oybekda ham qiyofa tasvirining o‘ziga xos usulini ko‘ramiz. 
Oybek “Qutlug4 qon” romani bosh qahramonini Mirzakarimboy 
nazari bilan tasvirlaydi. Dastlab Mirzakarimboy Yo‘lchi “arslonday 
qishloqi” ekanligiga e’tibor beradi. Mana shu “arslonday qishloqi” 
o‘xshatishi Yo‘lchi qiyofasiga ilk “chizgi” bo‘ladi. Ammo oradan 
ko‘p o‘tmay odam ishlataverib korafta bo‘lib ketgan, shunga ko‘ra 
«odamni tez anglab oluvchi» boy jiyani bilan uzoq suhbatlashib
unga chuqur razm soladi: «yigirma uch yoshli yigitning aqlida sira 
nuqson ko‘rmadi. Uning arslonday ko‘rkam gavdasi, keng pesho- 
nasi, chuqur samimiyat ifodasi bilan to4 la yirik xushyor ko4zlari, 
kir yaxtagi ichidan qavarib turgan keng ko4kragi, baquw at qo4llari,
199


so‘zlaridagi qishloqcha soddalik va to‘g‘rilik (bu xususiyatni 
kambag‘al odamlarda katta fazilat deb topar edi boy) unga juda 
yoqadi».

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling