Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
4-§. Badiiy tasvir usuli
• Badiiy nutq. • Badiiy asar tili va uslubu • Badiiy nutqni shakllantiruvchi vositalar. • Badiiy nutqda tasvir. Abdulla Qodiriy ikki sof, samimiy tuyg‘u egasi - chin m a’noda bir ko‘rishda hayotida keskin burilishga turtki bo'lgan orziqislmi his etgan, ikki yoshning o‘y - mulohazalari, his - tuyg‘uiari, quvonch - qayg‘usi,baxtini, foje qismatini shu qadar mahorat bilan yuksak badiiy darajada tasvirlaydiki, asar o‘quvchisining saviyasi, dunyoqarashi ma’lumoti, jamiyatdagi tutgan o‘midan qat’iy nazar his - tuyg‘larini junbushga keltiradi, ruhiyatini ko‘taradi. Agar adib o‘ziga to‘q xonadonning hech bir kamchiliklar ko‘rmay yegani oldida, yemagani ketida, ikki yoshning pinhona (Toshkent - Marg‘ilon orasida tanda qo‘yib) uchrashib yurishlari, yurak sirlari, ishqiy sarguzashtlarini yohud Toshkent qayda-yu, Marg‘ilon qayda, Yusufbek hoji qayda-yu, Muzakarim qutidor qayda, 0 ‘zbek oyim kim-u, Oftob oyim kim - sen emas men deguchi kalondimog‘, zolim ota-onalar zulmi bilan zor qaqshagan ikki qalbning sho‘ri, qismatini bayon etganida edi unda Qodiriyning asari ham o‘nlab, yuzlab maishiy mavzudagi qissalardan biri bo‘lub 195 qolur edi. Romandagi voqealar asosan ikki ijtimoiy qatlam: birisi ijobiy - Otabek, Yusufbek hoji, Kumush, Hasanali va boshqalar, ikkinchisi salbiy - Homid, Qushbegi, Qo'rboshi, Musulmonqul, Xudoyorxon o‘rtasidagi ziddiyatlar zamirida rivojlanib boradi. Adib bosh qahramonini tabiati bilan ijtimoiy muhitning o‘zaro munosabati yuksak badiiy saviyada tasvirlaydi. 0 ‘zbek romanchiligi shunday bir osmonni, iste’dodi bor ijodchi unda o‘z badiiyati, tasvirdagi kashfiyoti bilan yorqin yulduz bo‘lib porlashi mumkin. Shu ma’noda Oybek ham mana shu osmondagi porloq yulduzlar - Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon qatorida porlay boshladi. Bunga u badiiy tasvirdagi o‘ziga xos san’atkorona usuli hamda qo‘llagan vositalari orqali erishdi. “Qutlug4 qon ” romanining bosh qahramoni Yo‘lchining boy tog'asi - Mirzakarimboy xonadoniga muhtojligi tufayli kelishi bilan boshlanadi, so‘ngida u bu xonadonni tark etib, isyonchi olamonga qo‘shilib ketishi bilan tugaydi. Yo‘lchi tog‘asi xonadonida Gulnomi uchratadi va shu xonadonda uning baxt chechagi zavol topib, xazon bo'ladi. . Oybekning “Qutlug‘ qon ” romanidagi voqealar kechgan makon va zamon ancha toraytirib olingan. Asardagi barcha - birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali qahramonlar Toshkentdan chetga chiqmaydi. Aniqrog‘i voqealar asosan Toshkentning eski shahar qismida sodir bo‘ladi. Yo'lchi mehnat muhitida, Mirzakarimboy xonadoni-yu, bog‘idan tashqariga deyarli chiqmay yashaydi. Qahramon harakat doirasining bunday cheklanganligi ijodkor yagona tasvir usulini tanlanganidan dalolat beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Oybek bu usulni ongli suratda tanlagan. To‘g‘ri Yo‘lchi bilan Gulnor o‘rtasidagi munosabatlar asarda katta o‘rin egallaydi, lekin bular tasvirining o‘zi roman uchun kamlik qiladi, xatto ma’lum ma’noda uning badiiy qimmatini pasaytirar ham edi. Adib bunday bo‘lmasligi uchun asarga Nuri obrazini kiritadi va u Yo‘lchi hayotiga kira boshlaydi, natijada tasvirda romantik alomatlar paydo bo‘ladi. Keyinroq tasvir sahnasiga Gulnor chiqadi, u Yo‘lchi e ’tiborini o‘ziga qaratadi, qarabsizki, asarda ziddiyat nish uradi. Voqealaming shu tahlit davomida Yo‘lchi hamda Mirzakarimboy xonadoni - oilasi orasidagi farq - ziddiyat kuchayadi. Xullas, romanda mehnatkash xalq, birinchi galda, Shokir ota, 0 ‘roz, Qoraboy, Yormatlar qiyofasida namoyon bo‘ladi. Xalqning tirik vakillari bo‘lmish bu qahramonlar tarixni yaratuvchilar sifatida maydonga chiqadi. Zero ijtimoiy harakatda xalq ishtirokini tasvirlashni realizm deydigan bo‘lsak, demak roman realistik tasvir uslubida yozilgan. Ikki yuksak ijodiy qudrat egasi Abdulla Qodiriy va Oybek tengsiz badiiy tasvir san’atkori ekanligi yuqoridagi misollarda yaqqol ko‘rinadi. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling