5-§. Qiyofa tasviri
•
Bosh qahramon tasviri.
•
Bosh qahramonni tasvirlash usuli
• Salbiy obrzlar tasviri.
•
Personajlarni tasvirlash ularga nisbatan adib munosabati-
ning namoyon bo‘lishL
Ma’lumki, muayyan asardagi personajlar ob’ektiga ijodkor
sub’ektning munosabati ikki qutbli bo‘ladi.
Birinchisi - ijobiy,
ikkinchisi - salbiy. Shunga ko‘ra asar qahramoni ham ijobiy yoki
salbiy bo‘ladi. Ijodkor o‘z “yaxshi ko‘rganlari”ning ham, “yomon
ko‘rganlari”ning ham qiyofasini yaratadi. Bosh qahramonning
xarakteri, ma’naviy dunyosi,
shubhasiz, boshqa qahramonlamiki
kabi voqealar rivoji bilan ochila boradi.
Abdulla Qodiriy “0 ‘tkan kunlar”
romanining bosh qahramoni
Otabek tashqi ko‘rinishini asaming “Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li”
sarlavhali birinchi qismi uchinchi abzasidayoq tasvirlaydi.
“...bu hujraning egasi ham boshqacha yaratilishda: o g ‘ir
tabiatli, ulug‘ gavdali, ко ‘rkam va oq yuzli, kelishgan qora ко 'zli,
mutanosib qora qoshli va endigina murti sabz urgan bir yigit!.. ”
Kumush tasviri bir oz keyinroqda, 5-qismda uchraydi:
"...
uyg'oq yotgan bir qizni ko'ramiz. Uning qora zulfi par
yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to ‘zg'ib, quyuq jingalak
kiprik ostidagi tim qora ко ‘zlari bir nuqtaga tikilganda, nimadir
198