-
Kampir unda-bunda qolgan, tishqoli surilgan tishlarini ochib
qah-qah kuldi”.
Adiblar personaj qiyofasini, agar
u ijtimoiy ahamiyatga molik
bo‘lsa, goh to ‘la-to‘kis, goh ayrim chizgilar tarzida beradi va
ulaming ijtimoiy
mohiyatinigina ochib tashlamay, balki tarixiy
o‘tmishni yaqqol namoyon etishda qiyofa tasviridan haqiqiy so‘z
san’atkori kabi mahorat bilan foydalanadi.
Takrorlash va mulohaza uchun savollar
1. Ijogchi bosh qahramon tasviriga qanday yondoshadi?
2. Salbiy obrazlami tasvirlashda ularga muallif munosabati
qanday?
3. Personajlar tasviri nima uchun kerar?
с
4. Qiyofalarda muallif munosabatini qanday baholaysiz?
4-BOB
BAYONDAINDIVIDUALLIK.
l-§. Hikoya ichida hikoya
•
Hikoya ichida hikoya asar ruhiyatini ko*rsatuvchi vosita.
• Adibning hikoya ichida hikoya usulidan foydalanish maho
rati.
• Hikoya ichida hikoyaning asar kompozitsiyasidagi o (rni.
•
Mumtoz adabiyotda va umuman Sharq badiiy ijodida hikoya
ichida hikoya.
Abdulla Qodiriy hamda Oybek
romanlarida hikoya ichida
hikoya ham shakl, ham mazmun jihatdan ancha salmoqqa ega. Har
ikki adib bir qarashda o‘z asari mazmun - mundarijasiga yotdek
tuyulgan, o‘z oldiga mustaqil asar bo‘lgan parchani zo‘r
badiiy
mahorat bilan asar umumiy ruhiga singdirib yuboradilar. Masalan,
Abdulla Qodiriyning Normuhammad Qushbegi haqidagi hikoya
maqomida aytganlari Otabek va Kumush “dostoniga”
hech bir
aloqasizdek tarixiy bir voqea. Undan istagan adib tarixiy m a’lumot
sifatida ilmiy, siyosiy, o‘quv va b. adabiyotlarda foydalanishi
mumkin. Abdulla Qodiriy ana shu tarixga
oid voqelikni badiiy
ijodda, to‘qima obrazlar taqdiri bilan bog‘lay olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: