Nashr
- nashr qilingan asar u mustaqil poligrafik bezakka ega,
tahririy - nashr ishlovidan o‘tgan bo‘ladi, chiqarilishi va tarqatilish
uchun mo‘ljallangan axborotdan iborat ma’lumot ham beriladi.
Personaj nutqi -
asardagi personaj laming o‘ziga xos tarzda
so‘zlashi. Har bir personajning o‘ziga xos, bilim,
saviyasi,
dunyoqarashi va ijtimoiy maqomiga mos tarzda so‘zlashi. Ijodkor
bunday usuldan personajning tabiati va kim ekanligini ko‘rsatish
maqsadida foydalanadi.
Plagiat
(lot. plagium - o‘g‘rilik, o‘g‘irlash) - begona ilmiy,
adabiy yoki san’at asarining muallifligini ongli ravishda to‘lig‘icha
yoki qisman o‘ziniki qilib olish.. 0 ‘zbekiston
Respublikasining
qonunchiligi bo ‘ у icha fuqaroviy - huquqiy va jinoiy javobgarlikka
olib keladi. 0 ‘ziga hammuallif qilib olishga maj bur lash ham plagiat
sifatida baholanadi.
Syujet
(fr. aynan - asos, mohiyat) - hodisalaming bayoni,
mavzuni ochib berish usuli.
Tasvir vositalari -
biror narsa, voqea-hodisaning tasvirlashda
qo‘llaniladigan leksik va grammatik unsurlar
Ta’r i f
(ar. kamyob)
- notanish termin, so‘zning ma’nosinl
aniqlash. Bunga tanish va idrok etilgan termin (so‘zlar) yordamida,
shuningdek, kontekstga boshqa so‘zlar kiritilib erishiladi. Bundan
tashqari boshqa termin so‘zga tenglashtiriladi,
chap tomonga
aniqlashtiriluvchi termin (so‘z), o‘ng tomonga aniqlashtiruvchi ter
min (so'z) joylashtiriladi.
Tahiti
(ar. hallala- ajratmoq, farqlamoq, aniqlamoq), 1) jumalis-
tikada — matnni unsurlarga ajratish; 2) sintez - unsurlami bir butun
qilib birlashtirish, yaxlit holatga keltirish; 3) umuman ilmiy tadqiqot
birikmasiga sinonim; 4) rasmiy m antiqda- mulohazaning mantiqiy
shakllari (tuzilishi)ni aniqlash.
Tahrir
(ar. harrara- qutqarmoq, ozod qilmoq). 1) Qo‘lyozmani
tartibga
keltirish, ishlab nashrga tayyorlash; 2) muayyan ishlov
berilgan matnning o‘zi; 3) bayon etilgan fikming
muayyan ifodasi,
shakli.
Uslub
- 1) muayyan qonuniyatlarga asoslangan usul, hayot va
harakat tarzi. Shu ma’noda ijodiy uslublar haqida (Alisher Navoiy
davri uslubi), madaniyat uslubi haqida,
ayrim buyuk shaxslarning
yashash uslubi haqida so‘zboradi; 2) ijodchining individual ifodasi.
Xronika
(yun. -vaqt), 1) tarix hodisalarini vaqtga ko‘ra tadrijiy
yozilishi; 2) adabiy janr - hikoya yoki dramatik asarda tarixiy
muxim hodisalaming ular vaqtiga ko‘ra ketma - ketlikda bayoni,
shuningdek, xronik
hikoya usulidan foydalanib, shaxsiy hayotni
bayon etish.
Do'stlaringiz bilan baham: