hisoblanadi. Muharrir bu faoliyat bilan bo‘lajak
bosma asarning
qo‘lyozmasini kitob shakliga keltirib, nashrdan chiqarishlikni
muallif bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Shakl va mazmun uyg‘unligi- adabiy asarni baholashning
muhim mezoni. Bunga erishish har bir muallif va muharriming eng
mas’uliyatli ijodiy vazifasi sanaladi. Alisher Navoiy mazmun tem
bo‘lsa, shakl libosdir anga,-deb bejiz ta’kidlamagan. 0 ‘zining va
o‘zganing ijodiga yuksak iqtidor va talabchanlik bilan yondashuv
shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlovchi omildir.
Asar ibtidosi - asaming boshlanish nuqtasi, asar mazmun
mohiyatini ifoda etuvchi to‘liq matnning boshlanish qismi.
Asar intihosi -
asaming xotimasi, asaming mazmun mohiyatini
ifoda etuvchi matnning mantiqiy xulosasi.
Asar qatlamlari
-
muallif orzu-umidlarining
asarda namoyon
bo‘lishi. Mas.: Oybekning “Qutlug‘ qon” romanida ikki qatlam
mavjud. Birinchi qatlamni bosh qahramonlaming hayoti, o‘y-
fikrlari, turmush tarzi tashkil etsa, ikkinchi qatlamni ijtimoiy
muhit
tashkil etadi.
Matn (mazmun, ar. - mundarija), 1) muallifning o‘z so‘zi; 2)
yozilgan yoki bosilgan maqola, undagi chizmalar, tasvirlar, ilovalar
va boshqalar bundan mustasno; 3) musiqa asari (opera, romans va
hokazolar)ga tegishli so‘z.
Do'stlaringiz bilan baham: