afzaHik baxsh etadi. Nutqning mazkur ikki shakli - og‘zaki ham
yozma - tinglovchi, o‘quvchining matn mazmunini tushunishligini
osonlashtiruvchi turli vositalari mavjud.
Shuni ta’kidlash joizki, hech kim hech qachon aytganidek yoza
olmaydi va hech qachon yozganidek ayta olmaydi. Og‘zaki nutqni
tinglab, mazmunini ilg'ash makon va zamonda chegaralangan. Nutq
mavjud vaqtdagina tinglovchi uchun u mavjud bo‘ladi. Aytilgan
fikrga qaytish uchun, u albatta qaytarilishi (takrorlanishi) lozim.
Yozma nutq (matnni) biz bir chetga qo‘yib qo'yishimiz, mulohaza
yuritishimiz va unga yana qaytishimiz mumkin.
Yozma nutqning tuzilishi ancha murakkab. Unda turli belgilardan
iborat unsurlar bo‘ladi, masalan, raqamlar, chizmalar, tenglamalar,
/
rasmlar va boshqalar. Yozma nutq atalganidan mustaqil va tahliliy
fikrlashtalab etiladi. Yozma nutqdamaterialnijadval shaklida berish
imkoni mavjud. Yozma va bosma harflar matnda faqat grammatik
shakl vazifasini bajarmaydi, balki, so‘z ma’nosidagi emotsional
bo‘yoqni ham ifoda topdiradi. Zero har bir so‘zning genetik hamda
ko‘chma ma’nosi jumla tarkibida ayonlashadi.
Xat boshi (abzas) dagi satr surilgan joy matn arxitektonikasining
grafik ko'rinishigina emas, ko‘p hollarda yozilganning alohida
ma’no ifodasi mayjudligini ham anglatadi. Publisistlar xat boshi-
ning bu xususiyatidan keng foydalanib, matnning grafik shakliga
e’tibomi jalb etadilar. Masalan:
Siz bu ulug'vor imoratni Mm qurdirganini bilishni istaysizmi?
Bu tabarruk ism:
Sohibqiron Amir Temur Tarag'ay Bahodir.
Matnni yaratishning grafik usullari bilan muallif izohi va yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |