sharhini mutanosiblash fikrga urg‘u berishning ta’sirchan usuli
hisoblanadi.
Fikrga yoki biror so‘z ma’nosiga urg‘u berishning ta’sirchan
vositalaridan biri grafik usul bilan muallif izohini uyg‘unlashtirishi
hisoblanadi. Masalan,
“Ayni mahalda shunisi ham muhimki, и (muholifat - izoh bizniki
A.N.) tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga
ega bo ‘lishi, Konstitutsiya va qonun me ’yorlarini hurmat qilishi,
о ‘z harakatlari bilan shakllanadigan davlat va ijtimoiy tuzumning
qat ’iy, barqaror holati uchun mas ’ul bo ‘lishi, davlat qurilishining
muqobil loyihalariga ega bo ‘lishi lozim ”
0 ‘zbek tili imlosi tomonidan qabul qilingan tinish belgilari ham
nozik ma’no ifodasini beradi. Bular, ayniqsa, davlat ahamiyatiga
molik qonunchilik hujjatlarining matnida yaqqol namoyon bo'ladi.
Qo‘lyozmani baholash bosqichida yuqorida qayd etilganlar albatta
inobatga olinishi lozim.
Matnning qo‘lda yozilgan, mashinkada yozilgan (o‘tmishda
mashinkalar mavjud edi), kompyuterda bosilgan va boshqa turli
poligrafiya usulida terilgan, displey ekranida qayd etilgan (matnning
namoyon bo‘lishi).... Muharrir yuqoridagi usullar har birining
imkoniyatlari va o‘ziga xos jihatlari bilan yaxshi tanish bo‘lishi
kerak.
Bosma matn qo‘lyozmaga xos individual xislatlardan holi
bo‘ladi va qayd etilgan matn yuqori darajada aniqlik va tashkil-
lashtirilganlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Har bir nashr matni shu
nashr turiga muvofiq, shuningdek gazeta matni ham o‘ziga xos
qulaylik tug‘dirish maqsadida shakllantiriladi. Harf hajmi (kegli)
Do'stlaringiz bilan baham: |