Ma’lumki, bir jumladan ikkinchi jumlaga o‘tishda fikr tadrijiy-
likka ega bo‘lishi, ya’ni mantiqan biri ikkinchisini to‘idira borishi
yoki avvalgi fikmi yanada mustahkamlashi yohud tasdiqlashi tahrir
ilmida isbotlangan qoida.
Lekin biz yuqoridagi misolda birinchi va ikkinchi jumlada
78
fikr zidligini ko‘ramiz. Birinchi jumlada "... nonning m ag‘zi to ‘q
bo ‘lishi bildirilmoqda. Ikkinchi jumlada “Go‘sht ham shunga ko‘ra
tanlanishi” fikri berilmoqda. Go‘yo ham bog‘lovchisi ikki jumlani
bir-biri bilan fikriy uyg‘unligini ta’minlaydigandek. Lekin go ‘sht
nimaga ко ‘ra tanlanidi, degan savol tug‘iladi. Har ikki jumladagi
fikrlar uyg‘unligi talabi bo‘yicha shunga ко ‘ra birikmasi mantiqiga
asosan ham nonga ко ‘ra, ham nonning mahziga ко ‘ra tanlanishi
lozim bo‘ladi. Lekin tahrir mantiqiga, mantiqiy fikrlash qoidasiga
to‘g‘ri kelmaydi. Har ikki jumladan anglanayotgan fikr bir-biriga
mantiqan uyg‘un emas, garchi, ham bog‘lovchisi tufayli ma’nan
uyg‘undek tuyulsa-da.
Endi uchinchi jumlaga kelsak, u o‘zidan oldingi ikki jumladan
mutlaqo mustaqil, matn umumiy mazmuniga ko‘ra ayrim fikmi
ifoda etadi. Demak u xat boshi (abzas) dan yozilishi iozim.
Matn bilan to‘liq tanishilsa, unda mijozi sovuq kishilarga
faqat qish oylarida emas, balki boshqa fasllarda ham amal qilishi
lozim bo‘lgan maslahatlar yo‘q emas. Demak, sarlavha mantiqan
to‘g‘ri tanlanmagan. Matndagi fikmi mustahkamlash, shuningdek
ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi lozim bo‘lgan tasvir ham
matn mazmuniga mos emas.
Surat mijozi sovuq kishinikimi? Uni qanday bilish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |