birini taklif qilishi mumkin:
1. Qo‘lyozmani nashr etish mumkin.
2. Qo‘lyozmani qayta ishlash uchun muallifga qaytarish kerak.
3. Qo‘lyozmani nashr etish maqsadga muvofiq emas.
86
Asar matni (qo‘lyozmasini) tuzatishga kirishishdan oldin mu
harrir matn bilan tanishadi va sinchiklab o‘qib chiqadi. Matnni
filologik nuqtai nazardan an’anaviy tahlil qilish va tahrir amaliyoti
xususida bir oz to‘xtalib o‘tamiz, zero, matnni tuzatish bo‘yicha
bularsiz aytilmoqchi bo‘lgan fikr to‘liq bo‘lmaydi.
«Til yordamida murakkab ma’lumotlami inson tomonidan qayta
ishlash jaroyonini o ‘rganib psixolog (ruhshunos) lar erishgan nati-
jalar tahrir amaliyotidagi mavjud matn tahlili usullarini tushunishga
yordam beradi»2.
Tahlil jarayonida asosiy e’tibor matn talqin (variant) larini qi-
yoslashga, qaratiladi. Qiyoslash jarayonida esa tabiiyki, tuzatish-
lar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birin-
chisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani; ikkinchisi, tuzatilgani. Axborot
texnologiyalari boshlangan bugungi kunda matnni qiyoslashda
yangi imkoniyatlar yuzaga keldi. Bunga muharriming mehnati
zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi.
Muharrir matn talqinlarini qiyoslash
uchun,
ulami bir vaqtda dis-
pley ekraniga chaqirish imkoniga ega. Bunday qiyoslash ancha qu-
lay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol
namoyon bo‘ladi.
G‘arb tahrir nazariyasida muharrirning tahrir oldi matnni baho-
lashda, tahlilida tajribaviy
usul
alohida o ‘rin tutadi.
Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda bir
Do'stlaringiz bilan baham: |