ttniq muddatni qat’iy belgilab qo‘yish ham moddiy, ham ma’naviy
Jihatdan maqbul bo‘ladi. Moddiy jihatdan juda maqbul ekanligi
kitob qancha tez chiqsa va sotilsa, pul aylanishi jadallashadi, sof
foyda ko‘payishi bilan izohlash mumkin.
Ma’naviy jihatdan maqbul deganda, axborot globallashuvi,
shuningdek, axborot almashinuvi j adallashgan asrimizda ma’ lumot-
larning yangilanish muddati tobora qisqarmoqda, shunga ko‘ra
asaming ma’naviy eskirishi nazarda tutilmoqda.
Yuqoridagilami e’tiborga olgan holda, na’muna tarzida quyidagi
muddatlarni tavsiya etish mumkin: awalo shuni aytish joizki,
nashriyotga qabul qilingan har bir qo‘lyozma taqdirini hal etuvchi
baholash jarayonini belgilangan muddatda o‘tkazish shart.
Shartnoma asosida nashr etiladigan qo‘lyozmalarni baholash
muddati 30 kun deb belgilanadi. Bu muddat qo‘lyozma nashriyotga
topshirilgani qayd etilgan lamdan boshlab hisoblanadi. Agar
qo‘lyozma hajmi shartnomada belgilanganidan ortib ketgan bo‘lsa,
u ham hisobga olinadi, har bir muallif taboq uchun 4 kun qo ‘ shimcha
muddat tayinlanadi.
Shartnomalarsiz kelgan qo‘ lyozmalami baholash uchun quyidagi
tartibda muddat belgilanishi mumkin: hajmi 10 muallif taboqgacha
bo‘lganlari uchun 3 oygacha, bundan ortiq har bir muallif taboq
uchun ко‘pi bilan bir hafta.
Qo‘yozmani baholashda, u murakkab va mas’uliyatli jarayon
bo‘lganligi uchun bir qator mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Lekin bunda bari bir muharrir katta ahamiyatga molik hisoblanadi.
Xulosada (qo‘lyozmaga baho berilgan hujjatni shunday atash qabul
qilingan) asosli fikrlarga tayanib muharrir quyidagi qarorlardan
Do'stlaringiz bilan baham: |