Bular, albatta, siyosiy, iqtisodiy, madaniyat, ijtimoiy turmush
sohasidagi dolzarb hodisa va muammolar haqida bo‘ladi hamda
umum diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bunday xabarlar bilan bir
qatorda “hayot badiiyati” haqida ma’ lumotlar - xabarlar ham bor
bo‘lib, ular kutilmagan vaziyat, xatti-harakat, kelishmovchiliklar
va h.dan iborat. Aksar hollarda turli shov-shuvlarga ham sabab
bo‘ladi.
“Jurnalistika asari matnining axboriyligini belgilash o‘quvchi-
larning bilim darajasi haqidagi va vaqt olishini hisobga ola bilish
omili bilan belgidanadi.
Matn qismlari xabarning o‘z pragmatik mohiyatiga ko‘ra turli
mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ommaviy axborot vositalarining
ko‘pgina nashrlari uchun yuz bergan, yuz berayotgan hamda
yuz beruvchi hodisa va jarayonlar haqidagi xabar tarzidagi matn
qismlari birinchi o‘rinda turadi. Bulardagi xabarlar matnni hayot
bilan bog4 laydi. Albatta, matnning mazkur qismlari verbal (so‘zlar
yordamida) ifodalanadi, til birikmalari o‘z genetik ma’nosiga ko‘ra
asosli-mantiqiy mazmunda qo‘llaniladi.
Matn muallifining nuqtai nazari ifoda topgan ma’lumotni
aniqlash, hodisalararo bog'liqlikni idroklash, ular mohiyati va
sababini belgilash, muallifning narsa, voqea, hodisani baholash
usuli hamda mazmuniy bog‘liqlik tahlil etilishini talab qiladi.
Bunday ma’lumot butun matndan olinadi. Ochiq berilmaydigan,
mulohaza yuritib ilg‘ab olinadigan ma’lumotlami payqay olish
ancha murakkab. Bunday usulda ma’ lumot berish badiiy adabiyotlar
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday ma’lumotlar verbal
ifoda topmaydi ular fakt (dalil)lar haqidagi xabarlarda mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |