bir-biriga yaqin so‘zlar, iboralar va so‘z birikmalari o‘rganiladi
va qiyoslanadi. Natijada, oddiy nazar bilan ilg‘ab bo'lmaydigan
ma’nolar orasidagi nozik farq aniqlanadi.
Tilshunoslik tajribasi va uslubiy tajriba qo‘lyozmani baholash
uchun samarali usuldir. Ular mulohazalar talqinlarini tuzishda, til
salbiy materialini aniqlashda, matnni tahlil qilishda uning vazifasini
belgilashda va muharrir tuzatishlari usuli (metodikasi) ni asoslashda
88
ilmiy tadqiqotlarning natijalariga tayanish, asoslanish kerak bo‘ladi.
Matn, ma’lumki, o‘quvchilaming toifasi, qiziqish doirasi, maqsadi
va h.ga ko‘ra turlicha o‘qiladi. Shular orasida biz jumalist (noshir)
lar uchun eng muhimi matnni muharrirona o‘qishdir. Bugunga kelib
matnni tahlil qilish usuliga ko‘ra o‘qishning uch turi mavjud: tanishish
uchun o‘qish, chuqurlashtirilgan o‘qish va sidirg‘a o‘qish. Matnni
birinchi ikki usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tanishish
uchun birinchi o'qishda asosiy e’tibor asaming
mazmuniga qaratiladi. Bunday o‘qishda muharrir asaming g‘oyasi,
mavzui, muallifning bayon usulini aniqlaydi, ya’ni matnga yaxlit
ob’ekt tarzida qarab, baho beradi.
Tanishish o'quvi - tez o‘qish ham deyiladi. Bunday tez o ‘qish
malakasini egallashga muntazam suratda Mashq qilish tufayli eri-
shish mumkin. Agar muharrir bunga erishsa, uning o‘qish sur’ati
odatiy o‘qish sur’atidan uch - to‘rt barobar oshishi mumkin. Tez
o‘qish bo‘yicha bir oz vaqt qilingan hamma qatori mashq tufayli
muharrir bir daqiqada 300-400 hatto bundan ortiqroq so‘z o ‘qishga
muvaffaq bo‘ladi. Albatta, bunda harfina - harf yoki bo‘g‘inlab
Do'stlaringiz bilan baham: |