aniq boholashga muvaffaq bo‘ladi. Agar matn har jihatdan - tili
va uslubi, shakli, g‘oyasi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’lon
qilish uchun maqbul bo‘lsa, muharrir qo‘lyozma ustida ishlashni
boshlaydi va tuzatishlar kiritadi An’anaviy tahrir usuli ayni shuni
taqozo etadi. Bunda asar turidan qat’iy nazar (ayniqsa, badiiy
asar tahriri tajribasiga ko‘ra) bunga amal qilinadi. Lekin ilmiy -
texnikaviy adabiyotlarm nashrga tayyorlashda maslahat beriladigan
tadrijiy baholash usuli muharrir tanishuv o‘qishidan so‘ng, tezda
material bo‘yicha o ‘z xulosasini tayyorlashi lozimligini ta’kid
etadi. Tuzatishlarm esa diqqat bilan chuqur o‘qishdan so‘ng matnni
bosishga berishdan oldin butun matn boshdan oyoq yana ko‘zdan
o‘tkaziladi.
Tahrir nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha adabiyotlarda matnni
tahnr qilish - tuzatish jarayoni bilan bog'liq muharrir tahliliga
alohida e’tibor qaratiladi. Bu asar o'quvchisiga qaysidir darajada
94
qanday xizmat qiladi degan nuqtai nazardan qaralsa, qo‘lyozmani
tahlil etish - baholash tahrir mohiyatini ochib beradi. Zero, matnni
tahlil qilishni bilmagan, baholashni bilmaydi, baholashni bilmagan
tahrir qilishni ham bilmaydi.
Matnni baholash g‘oyasi adabiy asar yaratishning tabiiy tavsifiga
ham, ruhiy qonuniyatlariga ham zid emas. Mohirona amalga oshi-
rilgan (bajarilgan) tnzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy
uyg‘unligiga putur etkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim
nuqsonlami istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi.
Baholash jarayoni andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Baholash-
ning har qanday matnga nisbatan bir xilda qo‘llash mumkin bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |