Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


o‘z mulohazasini bildirishni talab etmaydi. Muallifdan ustun


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

o‘z mulohazasini bildirishni talab etmaydi. Muallifdan ustun 
mutaxassis boiish muharrir uchun shart emas, u shunday bo‘la 
olmaydi va bu talab ham etilmaydi. Lekin u muallif asari mazmun 
va mundarijasini baholashning umumiy metodologiyasini egallagan 
bo‘lishi, asar mohiyati (predmeti) ni tasawur etishi, asosiy adabiy 
manbalardan xabardor bo‘lishi va ulardan foydalana olishi shart.
Muharrir uchun 
hamma narsani bilish 
deganda shuni tushunish 
kerakki, u matn ustida ishlaganda birorta tushunarsiz narsa qoldir- 
masligi lozim: birorta ham ibora, birorta ham so‘z. Bundan tashqari 
ma’no ifodasi unga aniq bo‘lmagan so‘z ham, mazmuni g'aliz 
jumla ham uning e ’tiboridan chetda qolmasligi lozim. Amaliyotdan 
ma’lumki, ayrim «g‘o‘r» muharrirlar ma’no ifodasi o‘zlari uchun 
unchalik aniq bo‘lmagan terminlar (umuman so‘zlar)ni «ha kerakli


o‘quvchi o ‘zi tushunib olsa bo‘ldi», deb o‘tkazib yuboradilar. 
Agar muharrir nimanidir bilmadimi, bu holni hech bir kechirib 
bo‘lmaydi. Bilmadingmi yoki shubha qildingmi, albatta, tekshir va 
buni eng samarali usulini izla hamda bajar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, muharrirlik o‘qishida asosiysi 
matnni baholash. Muharrir har bir so‘zni «tortib» ko‘rishi, o‘rinli 
qo‘ llanganliginigina emas, balki muallifning muvafFaqiyatsiz foy- 
dalanganini, hatto buning sababini ham aniqlashi lozim.
Tajribali muharrir o'qigan matnini, undagi har bir fikrni shun- 
chaki ma’ lumot sifatida emas, balki o‘ ziga xos voqelik tarzida qabul 
qiladi, uning mazmuniga chuqur va tadrijiy suratda kirib boradi, 
uning barcha unsurlarini xayolan muayyan hayotiy timsollarda 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling