qolipi yo‘q. Muharrir baholash usulini o‘zi tanlash huquqiga ega,
lekin bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, shuningdek uni
to‘g‘ri qo‘llay bilish kerak.
Baholanayotgan qo‘lyozmalami o‘zgartirishlaming miqdori
ishning sifat ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Ayrim muharrirlar (adabiy
xodimlar) hanuz uchrab turadi, ular muallif matnini qayta yozib
chiqishni o‘z burchi hisoblaydi va bu bilan, hatto, g‘ururlanib ham
qo‘yadi, chunki ular o‘z ishlari foyda keltirishiga qattiq ishonadilar,
mehnatim zoe ketmaydi, deb hisoblaydilar.
Bunday sidqidildan qilingan mehnat tufayli matn ancha «silliq»
tortar, lekin ko‘p narsa yo‘qotishi mumkin.
Matnni baholashning ham o‘z qonuniyatlari bor.
Baholash jarayonida tuzatishning to‘rt turi qo‘llanadi:
o‘qib
tuzatish; qisqartirib tuzatish; ishlov berib tuzatish; o‘zgartirib
tuzatish.
Musahhihlik va muharrirlik o‘qishidan maqsad boshqa - boshqa.
Musahhih chop etishda tayyorlangan matnni o‘qish jaroyonida
uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan
matniga to‘la mos ekanligiga erishadi.
Matnni imloviy, tinish belgilari bilan boqliq xatolardan xoli
qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqarmalar va havolalarni bir
xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkich-
larga mosligi ya hokazolaming to‘g ‘riligini tekshiradi, shuningdek
ba’zi zarur tuzatishlami amalga oshiradi.
Muharrirning qo‘lyozmani baholash jarayonida o‘qib tuzatishi-
dan maqsadi - matnni sidirg‘a o‘qish. Bu tur o‘qishni amalga oshir-
ganda matnning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi) dagi hamda
uslubiy xatolarni aniqlaydi. o‘qish jarayonida muharrir geografik
Do'stlaringiz bilan baham: |