Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


muallif bayonining o‘ziga xosligi, uning uslubi o‘zgartirilmaydi


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

muallif bayonining o‘ziga xosligi, uning uslubi o‘zgartirilmaydi.
Tuzatishning to‘rtinchi turi - o‘zgartirib tuzatishda muallif taq­
dim etgan materialni baholash asosida matnning yangi talqini yara- 
tiladi. Muallif etkazgan faktlarga qat’iy amal qilgan holda muharrir 
muallif fikrini adabiy shaklga soladi. 0 ‘zgartirib tuzatishda asar bir 
janrdan boshqa janrga o‘tkaziladi, matnning mo‘ljallangan maqsadi 
o ‘zgarganda unga ishlov beradi, yangicha talqinini yaratadi. Bu 
jarayonda muharrir va muallif hamkorlikda ishlaydi, o‘ziga xos 
ijodiy hamkorlik yuzaga keladi.
Albatta, baholash jarayonidagi tuzatishlami yuqoridagi tarzda 
turlarga ajratish shartli - aynan shu xilda bo‘lishi kerak degani 
emas. Matni tuzatishni ayni bir tur bilan cheklash bir oz g ‘ayritabiiy 
(sidirg‘a o‘qib tuzatish bundan mustasno).
Matnni baholash jarayoni alohida jaroyon, muharriming kasbiy 
mahorati - mutaxassis ekanligi tuzatishning turli usulllaridan 
mohirona foydalana olishda namoyon bo‘ladi.


Tajribali muharrirlar matnni baholab, tuzatish kiritishda sof 
muharririlk vazifasini bajarishdan tashqarii nashmi chop etishga 
tayyorlashda ishtirok etuvchi boshqa mutaxassislaming ayrim 
«o‘tkazib» yuborgan kamchiliklarini ham tuzatib ketadilar. Masa­
lan, musahhih, texnik muharrir, grafikachi mutaxassis, hatto badiiy 
muharrir - dizaynerlaming. Bulardan ko‘rinadiki, muharriming 
baholash jarayonidagi mas’uliyati juda yuqori, uning zimmasidagi 
mas’uliyatni boshqa nashr ishtirokchilarning mas’uliyati bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydi. Muharrir hamma narsani bilishi kerak, 
deb yuqorida qayd etilgani sababsiz emas. Chunki qo‘lyozmani 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling