Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Ko‘chirib bosilgan qo4yoznta ustida ishlash


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Ko‘chirib bosilgan qo4yoznta ustida ishlash - tuzatishlar 
kiritib qayta bosilgan qo‘lyozma nusxasini asl nusxaga solishtirib 
o‘qish. Ko‘chirib bosilgan matnga kiritiladigan barcha tuzatishlar 
korrektura nusxadagidan farqli ravishda matn ichiga joylashtiriladi.
Matn unsurlari - ruknlar, ruknlarga havolalar, qisqartmalar
ta’kidlar, raqamlar, sanalar, fizik kattaliklar va ulaming birliklari
iqtiboslar, epigraf, bag‘ishlov, matnning murakkab va maxsus tur­
lari, tasviriy materiallar, nashr apparati va boshqalar. Bularni tay­
yorlash jarayoni nashming muhim bosqichi hisoblanadi.
Muharrirlik kasbi - qadimiy kasblardan biri. Kishilar o‘z 
fikrini boshqalarga aniq etkazish, makon va zamonda saqlanishini 
ta’minlash maqsadida matn yaratish boshlanishi bilan bir vaqtda 
yuzaga kelgan. Kitobat davrida(faqat qo‘l mexnati bilan kitob 
yaratilgan) ayniqsa bu kasbga alohida ehtiyoj tug‘iladi. Dastgohda 
kitob bosish boshlangach u eng muhim va mas’uliyatli kasbga 
aylandi. Biron-bir asarni nashrdan chiqarishlikni mazkur kasbsiz 
tasawur etib bo‘lmaydi.
Nashr jarayoni - nashriy asarni tayyorlash va e’lon qilish 
bo‘yicha bir-biri bilan uzviy bog‘liq ishlar amalga oshiriladigan 
bosqichlar majmui. Ular shartli ravishda tayyorgarlik, tahrir, ishlab 
chiqarish va yakunlovchi bosqichlar deb ataladi.


Nashming bibliografik ko‘rsatkichlari - asaming adabiy 
ma’lumotlari va olingan, ko‘rib chiqilgan iqtiboslar, shuningdek, 
asar mavzuini chuqurroq o‘rganish uchun nashrga berilgan, uning 
asosiy matni bilan bog‘liq adabiyotlar haqidagi ma’lumotlardan 
iborat unsurlar.
Noshirlik ishi - bosma asarlar: kitob, jumal, gazeta, notalar, 
tasvir mahsulotlari, kalendarlar chiqarish bo'yicha nashriyotlar olib 
boradigan mujassama faoliyat.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling