Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Sahifalangan nusxani o ‘qish


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Sahifalangan nusxani o ‘qish 
-
nashriyot asl nusxasi sahifa- 
langandan so‘ng musahhih(imlochi), muharrir, texnik muharrir va 
muallif tomonidan о‘qib chiqiladi. Ular barcha ishlami bajargach 
bosishga ruxsat beriladi.
Tahrir ishi - mafkuraviy,adabiy-nashriy faoliyatning muhim 
sohasi. Noshirlik ishida e’lon qilinajak asaming faqat til va uslub 
jihatdangina emas, balki g‘oyaviy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jihat­
dan qiyomiga etkazish jarayoni hisoblanadi.
Tahrir nazariyasi va amaliyoti 
-
kitob yaratishning nazariy
va amaliy jarayonlarini o‘rganuvchi fan. Tahrir uning ob’ekti
hisoblanadi. Tahrir ishi faoliyat turi, muharriming ijodiy mehnati
256


hisoblanadi. Muharrir bu faoliyat bilan bo‘lajak bosma asarning 
qo‘lyozmasini kitob shakliga keltirib, nashrdan chiqarishlikni 
muallif bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Shakl va mazmun uyg‘unligi- adabiy asarni baholashning 
muhim mezoni. Bunga erishish har bir muallif va muharriming eng 
mas’uliyatli ijodiy vazifasi sanaladi. Alisher Navoiy mazmun tem 
bo‘lsa, shakl libosdir anga,-deb bejiz ta’kidlamagan. 0 ‘zining va 
o‘zganing ijodiga yuksak iqtidor va talabchanlik bilan yondashuv 
shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlovchi omildir.
Asar ibtidosi - asaming boshlanish nuqtasi, asar mazmun 
mohiyatini ifoda etuvchi to‘liq matnning boshlanish qismi.
Asar intihosi - asaming xotimasi, asaming mazmun mohiyatini 
ifoda etuvchi matnning mantiqiy xulosasi.
Asar qatlamlari 
-
muallif orzu-umidlarining asarda namoyon 
bo‘lishi. Mas.: Oybekning “Qutlug‘ qon” romanida ikki qatlam 
mavjud. Birinchi qatlamni bosh qahramonlaming hayoti, o‘y- 
fikrlari, turmush tarzi tashkil etsa, ikkinchi qatlamni ijtimoiy muhit 
tashkil etadi.
Matn (mazmun, ar. - mundarija), 1) muallifning o‘z so‘zi; 2) 
yozilgan yoki bosilgan maqola, undagi chizmalar, tasvirlar, ilovalar 
va boshqalar bundan mustasno; 3) musiqa asari (opera, romans va 
hokazolar)ga tegishli so‘z.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling