lashda, aytish mumkinki, uning muhokamasida turli kishilar ishtirok
etadi, bundan maqsad uni jiddiy tahlil qilish va baholashdir. Lekin
muharrir xulosasi hammadan muhim. Uning xulosasi muhimligini
biz yuqorida aytib o‘tdik, u amalda nashriyot taqrizining o‘ziga xos
shakli hisoblanadi.
Nashriyot tashqi taqrizchi sifatida malakali mutaxassislar, yirik
olimlami (turli soha vakillarini), badiiy asarlar bo‘yicha yozuvchi,
shoir, publisistlar, tanqidchi va adabiyotshunoslami taklif etadi.
Kimlar taqrizchi bo‘lishini muharrir va tegishli vakolatli xodimlar
belgilaydi. Har bir qo‘lyozma uchun tashqi taqriz uchtadan kam
bo‘lmasligi, adabiy-badiiy asarga esa ikkita bo‘lishi kerak.
Qo‘lyozmani taqrizga berishda muharrir, agar iloji bo‘Isa,
taqrizchi bilan suhbatlashishi, uning oldiga vazifani aniq qo‘yishi
kerak.
Tashqi taqrizchini taklif qilish nashriyotni, ya’ni muharrimi
qo‘lyozmaga baho berish zaruratidan ozod qilmaydi. Tashqi taqriz
qo‘lyozmaga baho berish uchun qo‘shimcha fikr, xolos. Muharrir
taqrizchining fikriga qo‘shilishi, qisman qo‘shilishi yoki u bilan
umuman hisoblashmasligi mumkin. Muharrir qo‘lyozma xusu
sida albatta o‘z fikriga ega bo‘lishi shart. U o‘z nuqtai nazari bilan
taqrizchilar nuqtai nazarini qiyoslab, chuqur tahlil asosida qo‘lyoz-
maning afzallik jihatlari-yu, kamchiliklari hususida yaqqol tasav-
vurga ega bo‘lishi talab etiladi.
Muharrir qo‘lyozmani faqat uning g‘oyaviy-nazariy darajasini
oshirishi, ilmiy asoslanganligini tasdiqlash uchungina emas, bal-
ki noshirlik ishi sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan
hukumat chora-tadbirlari, qarorlari faol bajarilishini ham ko‘zlab
Do'stlaringiz bilan baham: |