baholashi kerak. Muayyan asar qimmati haqida ob’ektiv tasawur
hosil bo‘lishi uchun g‘oyaviy baholash aniqligini, chuqur ijtimoiy
tahlilni nozik did, iqtidor sohiblarini asrab-avaylash, samarali ijodiy
izlanishlami qadrlash bilan uyg‘unlashtirish zarur.
Qo‘lyozma bo'yicha qabul qilingan qaromi nashriyot muallifga
shartnomadagi qo‘lyozmani tasdiqlash muddatidan kechiktirmay
etkazishi kerak. Qarorga nashriyot olgan tashqi taqriz ham ilova
qilinishi mumkin (agar nashriyot uni to‘liq ma’qullagan bo‘lsa)
yoki taqrizchining qo‘lyozma xususidagi fikr lari bayon etilgan xat
jo‘natiladi. Ba’zi mulohazalarga ko‘ra taqrizchi kimligini muallifga
bildirmasligini iltimos qilsa, unda taqriz va xatda taqrizchining ismi
ko‘rsatilmaydi.
Hozirgi noshirlik amaliyotida nomsiz taqrizlash uchramaydi.
Deylik, muallif nashriyot (muharrir) xulosasi (taqrizini) oldi,
nashriyot tomonidan qo6 lyozma baholandi. Bundan buyonga muallif
va nashriyot munosabati qanday bo‘ladi? Muallif nashriyotning
qo‘lyozma xususidagi fikr-mulohazalarini to‘liq qabul qilishi,
qisman qabul qilishi yoki o‘z dalil-mulohazalarini bildirib rad
etishi mumkin.
Muallif, agar o ‘z qarashlari, g‘oyasi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy tizimga, davlat manfaatlariga, jamiyatda qabul qilingan
ma’naviy, axloqiy me’yorlarga, milliy mafkura, mentalitetga davlat
hamda bosma nashr sirlarining muhofazasiga zid bo'lmasa, himoya
qilish huquqiga egadir. Tahririyat (muharrir) muallif e’tirozlarini
diqqat bilan o‘rganib chiqadj, dhixsan suhbatlashadi. Bundan
maqsad - har ikki tomonni qanoaHandradlgan echimni topish, ham
muallif, ham nashriyot manfaatlariga putur etkazmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |