Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Takrorlash va muhokama uchun savollar


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Xatolami tuzatishning so‘nggi chorasi qanday?
2. Nashr jarayonining yakuniy bosqichida nimalar amalga oshi- 
riladi?
3. Tuzatishlar varaqchasi kerakmi?
4-§. Muharrir va ishlab chiqarish bo‘limi.
• 
Muharriming ishlab chiqarish bo ‘limi xodimlari bilan ham- 
korligi.
• Muharrir va texnik muharrir hamkorligL
• 
Qismlararo mutanosiblikni ta yminlash.
• Kitobni bezash.
• 
Muharrir va boshqa bo'limlar xodimlarining hamkorligL
128


Muharriming asar korrektura nusxasi ustida turli ishlami 
bajarishidan tashqari uning ishlab chiqarish bo‘limi xodimlari 
bilan hamkorligi ham nashr jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, asarni nashrdan chiqarish ishining 
muvaffaqiyati yakun topishi, ana shu jarayonda ishtirok etuvchi 
jamoa barcha a’zolari - muharrir, musahhih, texnik muharrir, 
rassom, badiiy muharrirlar (bugungi kunda texnik muharrir va 
badiiy muharrirlaming vazifalarini qaysidir darajada yangi kasb 
egasi - dizaynerlar o‘z zimmasiga olgan) mehnatiga bog‘liq. Bular 
har biri alohida va shu bilan birgalikda kitob yaratadilar. Yaxshi 
kitob ulaming birgalikda kelishib ishlashlari, biri ikkinchisining 
ishini to‘ldirishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha umumiy ishga 
samarali hissa qo‘shishi natijasi o'laroq dunyo yuzini ko‘radi.
Bir butun jamoa ishini muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish, 
obrazli qilib aytganda, turli cholg‘uchilardan iborat ansamblga diri- 
jyorlik qilish muharrir zimmasiga tushadi. Demak, asarni nashrdan 
chiqarish ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan jamoa ishini 
tashkillashtirish bo‘yicha muharriming uquviga bog‘liq bo'ladi.
Qo ‘ lyozmaning nashriyot nusxasini sidirg4 a o‘ qish haqida oldingi 
mavzularda aytib o‘tgandik. Muharrir sidirg‘a o‘qishni, nazoratchi 
sifatida, sidirg‘a o‘quvchining ishini to‘g‘ri baholay olishi lozim. 
Garchi sidirg‘a o'quvchi sahifa chetiga ayrim savollami o‘zining 
malakasi kamligi yoki savodliligi yetishmasligi tufayli o‘rinsiz 
qo‘ygan bo‘lsa-da, muharrir uchun uning bu qaydlari, shubhasiz 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Sidirg‘a o‘quvch.: uchun tushunarsiz 
bo‘lgan kitobxon uchun ham tushunarsiz bo41 ishi mumkin. Shu­
ni ng uchun muharrir bu holatni e’tiborsiz qoldirmasligi lozim.
Shunday qilib, sidirg‘a o‘quvchi bilan hamkorlikda ishlab, uning
129


qaydlarini o‘rganib, sahifa chetiga qo‘yilgan savollarga javob 
qaytarib muharrir faqat nashr bilan bog‘liq muammolamigina hal 
etmaydi, balki sidirg'a o‘quvchini o‘z vazifasini sifatli bajarishga 
ham tayyorlaydi. Adabiyot turi, shuningdek, muayyan sohaga oid 
adabiyotlaming o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtiradi. Shu bilan 
birga nazorat nusxani diqqat bilan o‘qish, har bir kamchiliklar- 
ga e’tibor berish, o‘z fikrini tortinmay bildirishni ta’kidlaydi. Ze­
ro, sidirg‘a o‘quvchi bajaradigan ish juda muhim, mas’uliyatli, u 
nihoyatda qunt bilan ishlashni talab etadi. U bunga qanchalik amal 
qilsa, nashr sifati uchun shunchalik foyda bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bosqichining boshidan to oxirigacha muharrir 
texnik muharrir bilan ko‘pgina masalani hal etishiga to‘g‘ri 
keladi. Bunda bir qator vaziyatlami inobatga olish kerak bo‘ladi. 
Birinchidan, kitob qismlari tadrijiy joylashishini ta’minlovchi rukn 
(sarlavha)laming to'liq ro'yxatini tuzib chiqish, ya’ni qo‘lyoz- 
maning ishchi (qoralama) sarlavhalarini belgilab chiqish kerak. Sar- 
lavhalaming ishchi tarxini muharrir tayyorlaydi. Bunda yordamchi 
hujjatda barcha ishlar qayd etilishi lozim, hatto eng kichik ichki 
sarlavhagacha aniq aks etishi shart. Ayniqsa, ruknlaming bir-bi- 
riga taalluqliligi, bir-biriga tobeligi aniq ko‘rsatilishi shart. Bunday 
belgilash turli usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, ikki 
tomonlama abzas belgisi qo‘yib, ostiga turli chiziqlar tortib, ba'zao1 
murakkab ruknlami belgilashda texnik muharrirlikning turlicha 
usullaridan foydalaniladi. Tajribali muharrir qo‘lyozma ruknlarini 
belgilash uchun shunchaki texnik muharrirga o‘tkazib qo‘ya qol- 
maydi. U texnik muharrir bilan qo‘lyozma mazmun-mundarijasi, 
asar turi xususida suhbatlashadi, kitob shaklini aniqlashtiradi.


Ikkinchidan, muharriming у ana bir mas’uliyati, dunyoga kela- 
digan kitobga uning konstruktori ko‘zi bilan qarashi, uning turli 
unsurlari qanday ko‘rinishda bo‘lishini yaqqol tasawur qilishi 
kerak. Albatta kitobni konstruksiyalash katta va murakkab ish va bu 
masalani badiiy hamda texnik muharrir birgalikda hal qiladi. Lekin 
muharrir bo‘lajak nashrni ayrim qismlarini qanday ko‘rinishga ega 
bo‘lishini bir qadar tasawur eta olishi lozim.
Misol keltiramiz. Har bir kitob so‘z boshi yoki kirish bilan 
boshlanadi. Ana shu bosqichdanoq so‘z boshi kitob sahifasiga 
qanday joylashtirilishini tasawur etish mumkin. So‘ z boshi bir, ikki, 
uch, hatto, yarim sahifani egallashi mumkin. Lekin so‘z boshidan 
so‘ng asosiy matn ketadi. U albatta yangi betdan boshlanadi. Mana 
shularni texnik muharrir bilan kelishib qilish kerak.
Korrektura о‘qish jarayonida ham texnik muharrir bilan ko‘pgina 
masalalami hal etish talab etiladi. Masalan, matnni qisqartirishyoki 
unga qo‘shimcha qilishgato‘g‘ri keladi. Matn ichigajoylashtirilgan 
tasviriy materialning joyini o'zgartirish, ortiqcha bir-ikki satmi 
boshqa sahifaga o‘tkazishni texnik muharrir bilan birgalikda hal 
etish, xullas, muharrir texnik muharrir bilan hamkorlikda ishlashi 
lozim. Bunda muharriming texnik muh«rrirga o‘z ishini eng yaxshi 
tarzda bajarishligi uchun yordam berishi nazarda tutiladi.
Nashrni badiiy-texnik jihatdan bezash ancha murakkab hisobla­
nadi. Bu ishda badiiy muharrir, rassom, fotograf, chizmachi va 
boshqalar ishtirok etadi. Ayrim nashriyot-matbaa ijodiy uylarida 
bu ishlar bilan maxsus bo‘lim shug‘ullanadi, ayrimlari mutaxassis 
bilan shartnoma asosida ishlaydi.
Muharrir badiiy muharrir bilan amalda birgalikda ishlaydi,
zarur hollarda boshqa mutaxassislar bilan uchrashib, awalo,
131


rassom bilan uchrashib, maslahat berib turadi. Asarni badiiy-texnik 
jihatdan bezashda ko‘pgina muhim masalalar hal etiladi. Lekin bu 
osonlikcha amalga oshmaydi. Bunda gap oddiygina badiiy yechim 
haqida emas. Gap shundaki, nashmi bezash loyihasini belgilashda 
nashming o'ziga xos jihatlari (adabiyot turi, nashr tabiati, kimlarga 
mo'ljallangan, tarqatish yo‘sini) to‘liq hisobga olinishi kerak. 
Bulaming barchasida muharrir nashriyot boshqa bo‘limlarining 
mutaxassislariga jiddiy yordam berishi mumkin. Axir qo‘lyozmani, 
uning o‘ziga xos tomonlarini hammadan ko‘ra muharrirdan boshqa 
yana kim yaxshiroq bilishi mumkin? Xulosa qilib aytish mumkinki, 
kitobni bezash ishida badiiy muharrir etakchilik qiladi. Boshqalar 
unga ko'maklashadi.
Muharrir nashr etish uchun qabul qilingan qo‘lyozma ustida 
ishlashga kirishar ekan, kitobni bezash uchun buyurtma tayyorlaydi. 
Buyurtmada bajariladigan ishlar qayd etiladi: muallifning ismi va 
familiyasi, asar nomi, muqovasi, bosh varoqlarida ketadigan barcha 
matn qayd etilishi, hajmi, bichimi, adadi, tashqi ko‘rinishi, tasviriy 
materiallar soni va tavsifi, qoralama nusxa, ishning bajarilish 
muddati - barchasi aniq belgilangan bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, nashr jarayonining ishlab 
chiqarish bosqichida, boshqa jarayonlardan ko‘ra ko‘proq, nashriyot 
turli soha mutaxassislari bilan ko‘proq aloqada bo‘ladi. Ishning 
muvaffaqiyati bir shaxsga emas, balki jamoaga bog‘liq bo'ladi, 
bunda muharrir, albatta, ulaming har biri bilan hisoblashishi, fikrini 
hurmat qilishi kerak.
Ishlab chiqarish bosqichi g‘oyaviy-ijodiy vazifalami iqtisod 
bilan jips bog‘liqligiga ko‘ra alohida ajralib turadi. Muharrirdan
g‘oyaviy va iqtisodiy jihatlami uyg‘unlashtira olish talab etiladi.
132



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling