Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Takrorlash va muhokama uchun savollar
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-BOB NOSHIRLIK JARAY ONININ G YAKUNLOVCHIBOSQICHI
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Muharrir bilan ishlab chiqarish bo‘limi xodimlarining hamkorligi nimalarda ko‘rinadi? 2. Ishlab chiqarish bosqichida muharrir qanday muammolami kimlar bilan birgalikda hal etadi? 3. Muharrir badiiy muharrir bilan nimalami hal etadi? 4. Muharrir nashriyutdagi qaysi bo‘limlar bilan hamkorlik qiladi?’ 5-BOB NOSHIRLIK JARAY ONININ G YAKUNLOVCHIBOSQICHI Nashr jarayonining yakunlovchi bosqichi asar nishona nusxasini tasdiqlash bilan boshlanadi va kitob o‘quvchisining qo‘liga borib tegishi bilan tugaydi. Mazkur bosqich kitob reklamasi, tarqatilishi, shuningdek e’lon qilingan nashrga jamoatchilikning baholash nati- jalarini o‘rganishlik kabilami o‘z ichiga oladi. l-§ . Kitob tarqatish ishining umumiy masalalari • Kitob tarqatish tizimi • Kutubxonachilik va uning vazifasi • Kitob savdosi va noshirlik • Muharrir va marketing Kitob insoniyat tarixida barcha kashfiyotlaming eng buyugi ekanligi bugungi kunda jahon miqyosida tan olingan. U ijtimoiy hodisa bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qish, o‘rganish va uqish uchun xizmat qiladi, undagi g'oya, bilimdan foydalanish kishilik jamiyatining takomillashuvini ta’minlaydi. Agar nashrdan chiqqan kitob hech kimni qiziqtirmasa, hech kimga keragi bo‘lmasa, unda u ortiqcha matohga aylanadi va u kitob deb atalishga loyiq emas. Kitob o‘zining asosiy, matniy muloqotlik vazifasini bajarishi nashmi tarqatishning yaxshi shakllangan tizimi tufayligina amalga oshadi. Tarixan ma’lumki, kitobdan foydalanishning ikki omili mavjud: birinchisi, kitoblar jamg‘armasi - kutubxonalar, ikkinchisi, aholiga kitob sotishlik. Bu har ikki shakl, qaysidir darajada, biri ikkinchisini to'ldiradi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng faqat tashkiliy jihatdangina emas, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham awalgi- sidan mutlaqo farq qiladigan noshirlik ishi tizimi yaratildi. Shunga ko‘ra kitob tarqatish ishida ham tub o‘zgarishlar. yuz berdi. Aytfl- ganlar to‘lig‘icha kutubxonalar va kitob savdosiga ham taalluqlidir. 0 ‘zbekistondagi bugungi kutubxonalaming bosh maqsadi, umummilliy ilmiy merosni xalqimizga yanada yaqinlashtirish, milliy mafkura, istiqlol g‘oyalari bilan oshno qilish hisoblanadi. Bundan tashqari ular kuchli fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk 0 ‘zbekistonni bunyod etish ishiga sadoqatli komil insonlami - barkamol avlodni tarbiyalashning faol ishtirokchisiga aylangan. Kutubxonalar yurtimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohot- lami, yangilanishlami keng miqyosda taig‘ibot qilish maskaniga aylanmoqda. Ulardagi ilm, fan, texnikaga aid, shuningdek, ma’rifiy adabiyotlar jamg‘armasi tobora boyib bormoqda. Kitob savdosi tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bugunga kelib, kitob savdosi kitob nashri tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Ana shunday sharoitda muharriming zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanishi tabiiy. Muharrir nashr jarayonining mazkur yakuniy bosqichi da umuman nashriyotning, xususan muhari'iming manfaatlari mushtarakdir. Zero, har bir nashrdan chiqqan asar o‘z o‘quvchisini topishligidan ular birdek manfaatdordir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida yaxslii yo‘lga qo‘yilgan kitob savdosi umumjamiyat, umudavlat ishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ana shunday muhim vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun nima qilish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Buning uchun, awalo, kitob, talabga ko‘ra, zarur miqdorda chiqarilishi lozim, qolaversa o‘quvchi o‘zi uchun zarur kitob haqida o‘z vaqtida xabar topishi kerak. Birinchi masalani aniq tashkillashtirish, ya’ni bozomi o‘rganib, uning talabini hisobga olib, miqdomi belgilash yo‘li bilan hal etish mumkin. Ikkinchi masalani esa chop etilgan adabiyotni samarali targ‘ib-reklama qilish bilan hal etish lozim. Chiqarilayotgan kitobning mavzuli annotasiyalangan rejasi kitob reklamasining boshlanishi hisoblanadi. Kitob reklamasida muharrir etakchi o‘rinni egallaydi. U, awalo, muallif bilan hamkorlikda kitobga yaxshi nom tanlashi kerak. Bundan tashqari, kitobning haj mi aniq bo‘lishi shart, chunki kitobning narxi uning hajmiga ko‘ra belgilanadi, bu ma’lum darajada kitob o‘quvchisining qiziqishini ham aniqlashtiradi. Kitob adadini belgilash, uni tarqatish, kitobxonlarga yetkazish, ya’ni kitob nashri bo‘yicha asosiy vazifani bajarish ko‘p jihatdan annotasiyalangan mavzuli rejaga bog‘liqdir. Muharrir nashriyotning marketing bo‘limi, kitob savdosi bi lan shug‘ullanuvchi tijorat bo‘limi bilan yaqin aloqada faoliyat olib borib, kitoblaming tarqatilishi (sotilishi) ishidan ham yaxshi xabardor bo‘lishi talab etiladi. Bu bosqich ma’lumotlari keyingi yil, umuman istiqboldagi nashrlar taqdirini belgilashda asqotadi. Nihoyat kite о adadini belgilashda o‘quvchilar orasida o‘tkaziladi- gan so‘rovlar muhim ahamiyatga ega bo‘ ladi. So‘rovnoma natijalari ham kitob adadini belgilashning muhim omili hisoblanadi. 136 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling