Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Takrorlash va muhokama uchun savollar
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning ahamiyati va bunda muharriming o‘rni • Kitob reklamasi jamoaviy ish
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Kitobxonlar talabi va fikrini o‘rganish nima uchun zarur? 2. Kitob bozorini o'rganish uchun nimalar qilish kerak? 3. Adabiy tanqid kerakmi? 4. Kitobxonlaming xatlariga kim javob beradi? 3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning ahamiyati va bunda muharriming o‘rni • Kitob reklamasi jamoaviy ish • Ko‘rgazmalar, tanlovlar, taqdimotlar o ‘tkazish • Kitob reklamasida muallif ishtiroki • Nashrga tayyorlanayotgan asar reklamasi Kitobni reklama qilish bir tarafdan odatiy va tushunarli tuyuladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bu termin tez-tez uchrab turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida nashriyotlaming nashr mahsu- lotlarini, xususan, kitobni targ‘ib qilish tadbirlari tizimidan iborat bo‘lib, nashrga tayyorlanayotgan yoki nashrdan chiqqan kitoblar xususida iloji boricha keng o‘quvchilar onunasiga mumkin qadar qo‘proq ma’lumot etkazish uchun nashriyotning barcha xodimlari ishtirokini talab etadi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan nashriyotlar, noshirlik ishi bilan shug‘ullanayotgan firmalar kitob reklamasi bilan shug‘ullanishda mutlaqo mustaqil, lekin shu bilan birga, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunchilik xujjatlariga muvofiq shug‘ullanishlari, bunda turli vositalardan (ichki, tashqi reklamalar va h.) foydalanishlari mumkin. Ular kitobni reklama qilishda awalo uning mundarijasi, g‘oyasi, umumlashtirilgan tajriba xususida ko'proq ma’lumot berishlari maqsadga muvofiqdir. Ilmiy asarni targ‘ib qilish ilmni targ‘ib qilish, ishlab chiqarish, o‘rta va kichik biznesni targ‘ib qilish demakdir. Badiiy adabiyotni targ‘ ib qilish badiiy ijoddagi erishilgan yutuqlami targ‘ib qilish hisoblanadi. Hozirgi zamon noshirlik ishida mazkur 142 sohaga e’tibor kattaligi tabiiydir. Ko‘pgina nashriyotlar tarkibida reklama, tijorat va marketing bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu xizmatlar nashriyot-tahririyat bo‘limlari bilan jips aloqada faoliyat olib borishlari lozimdir. Shundagina kitob reklamasi talab darajasida amalga oshiriladi. Nashriyot o‘z faoliyatidan kutgan daromadni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Tahririyat xodimlari ko‘pincha o‘z maqolalari bilan matbuot sahifalarida, radio va televidenieda chiqishlar qilib turishlari, kitob savdosi, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar xususida fikrlar bildirib borishlari lozim. Bunday ishlarda, ya’ni nashrdan chiqqan kitoblami ommalash- tirishda muharrir o‘ziga xos alohida o‘ringa ega. Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, bu borada hech kim muharriming o'mini bosa olmaydi. Chunki nashriyotning birorta ham xodimi kitobning mazmun-mohiyatini, nazariy, amaliy qim- matini, o‘ziga xos jihatlarini uning muharriridan ko‘ra yax- shi bila olmaydi. Vaholanki, kitobni reklama qilish degani uning mundarijasini ochib berishdir, buni hammadan yaxshi muharrir bajarishi isbot talab qilmaydigan hoi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, muharriming kitobni targ‘ib qilishdagi ishtiroki, shun- chaki qo‘shimcha, yordamchi ish emas, balki uning asosiy majbu- riyatlaridan biri hamdir. Kitobning reklamasida uning muallifi ishtirok etishi ham g‘oyat muhim. Albatta, bunga turlicha qarashlar mavjud. Ba’zan kitob reklamasi, qaysidir ma’noda, unga beriladigan baho, har bir muallif ham bu xususda ob’ektiv bo‘lavermaydi, degan xavfsirashlar yo‘q emas. Albatta, bunday mulohaza haqiqatdan unchalik yiroq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling