Arslonqul Hirotdan chiqqandan keyin Sultonmurod va Zaynid-
din yana ko'proq m as’uliyat sezib, tashvishlari ortdi. Tun-kun
quloqlari tikkaygan, ko'ngillari g'ash bo'ldi. Arslonqulning
sheriklari tun-kun zindon tevaragidajuvozkashning otiday, aylanib
yurdilar. Amaldorlarning so ‘ziga, va ’dasiga qattiq ishonib bo ‘Imas
edi. Uchinchi kundan boshlab hayajon va tahlika kuchaydi. Hirotda
148
har xil mish-mishlar tarqaldi: “Qochqin cho‘rini og ‘zidanmi, yo
boshqa joydan dam qo ‘yib shishirar emishlar. Dorga osib, terisini
shilar emishlar. Yotqizib, qoq belidan g ‘o ‘laday, arralarmishlar! ” -
bir-biridan vahm qiynoqlar to ‘g ‘risida so ‘zlaydilar. Bularga sovuq-
qonlikbilanqaramoqjinoyatbo‘lar edi. Chunki, bu “mish-mish”lar
orqasida To ‘g ‘onbekning qonli, qora ко ‘lankasi ко ‘rinar edi.
Zayniddin, To ‘g onbek qoshiga borib, uni insofga chaqirishga
do ‘stini qistadi, Sultonmurod bu taklijhi eshitgisi ham kelmadi.
- Qo ‘y, do ‘stim, betini ко 'rmoqqa toqatimyo ‘q. Uning quloqlari,
go ‘yo qo ‘rg ‘oshin quyilganday, haqiqat so ‘zlariga tamom kardir.
- Bilaman, о ‘zim ham undan nafrat qilaman, - dedi Zayniddin,
- ne qilaylikki, zaruriyat... unga murojaat etmoqqa, hatto yalin-
moqqa majburmiz. Sen unga bor, eski tanishlikni о ‘rtaga sol. Xoti-
rimdadirki, bir vaqtlar seni hurmat qilar edi. Esingdami, nima
derdi: ‘‘Sultonmurod podsholardan ham afzal. Chunki olamning
xazinasi uning boshiga jamlangan... ” demasmidi?
-
U vaqtlarda rasvo, razil bir qochqin edi. Endi qara! —
Do'stlaringiz bilan baham: |