Asosiy qism uch bo‘limdan iborat. Har bo‘lim ruknlangan:
B irin ch i
bayon: yashash huquqi; Ikkinchi bayon: farjom; Uchinchi
bayon: oydinlik.
Birinchi bayon: yashash huquqi rukni ostidagi matn 9
qismga
bo‘lingan, har bir qism sarlavhalangan.
Ikkinchi bayon: farjom rukni ostidagi matn 15 qismga ajratib,
sarlavhalangan, Uchinchi bayon: oydinlik rukni ostidagi matn 7
qismdan iborat, har biri sarlavhaga ega.
Birinchi bo‘lim yozuvchining asarni yozishdan ko‘zlagan asosiy
maqsadga o‘tishi oldidan go‘yo kirish vazifasini o‘taydi. Sarlavhalar
ham shunga bo‘ysundirilgan. Ikkinchi bo‘lim
sarlavhalari esa
asosiy qism mazmunining mundarijasi hisoblanadi. Mantiqan
uchinchi bo‘lim asar xotimasi vazifasini o‘taydi,
buni sarlavhalar
ham yaqqol namoyon etadi.
Xullas, asar kompozitsiyasini belgilash yozuvchining individual
tanlovi, o‘zi aytmoqchi bo‘lgan fikrni auditoriyaga ta’sirchan
tarzda etkazish uchun qulay shakl yoki usul tanlashdir. Ijodchi didi
nuqtai nazaridan e’tibor berilsa, kompozitsiya - ijodchi g‘oyasini,
yetkazmoqchi bo'lgan informatsiyani maqbul shaklda,
mantiqqa
asoslangan va mos tanlangan, mukammal yuzaga chiqaruvchi asar
qurilishi tarzi hisoblanadi.