Kulgi bosilgach, yana so ‘z boshlandi:
- Endi shv.ni ichasiz, Homid aka!
- Yo ‘q, Sodiqboy inim, men juda ham bo ‘lib qoldim, о ‘zi ham
juda kuchli chiqqan ekan.
- Ichmasangiz qo ‘ymayman, nekin!..
- Mutal polvonga ber! Siz oling-chi shuni!
- Aniq ichmaysizmi, Kumush opamning salomatligiga ham
ichmaysizmi??
Bu so 'zni eshitgan Otabek ixtiyorsiz о ‘rnidan turib ketdi. Jarmat
opaning xi-xi-xi qilib kulgan tovushi eshitildi.
- Oraga nozik bir ismni keltirib solmasang xudo haqqi ichmas
edim. Qani bo ‘Imasa ber-chi, Kumush opangning salomatligi
hammadan ham menga kerakdir!
- Ha-ha-ha, nozik joydan ushladimmi?
Otabek bu so'zlarni eshitar ekan, z o ‘r g ‘a-zo‘r g ‘a o'zini
darichaga hujum qilishdan bosib qolgan edi. Orada bir muncha
mayda so ‘zlar so ‘zlangach, kimningdir u jf deb yuborgani eshitildi.
- Tag ‘in nima bo 'Idi, Homid aka?
- Bu kungi gap juda ham meni cho ‘chitib qo ‘ydi-da, Sodiqboy!
- Mening gapimga nima uchun ishonmaysiz, axir! Yuz martaba
sizga aytib yotibman-ku, xumsoni darvozadan chiqardim, tag'in
qanchagacha orqasidan borib to karvonlarga qo 'shilib ketkuncha
kutdim, so'ngra qaytib keldim, deb. Agar o'sha ketishi b o ‘Isa,
bugun xuddi Qo ‘qonga bomb yetgan.
- Ey sen bilmaysan uka!
- Nekin menga qolsa, bu ishda hech bir qo ‘rqadigan gap yo ‘q,
usta bilan tanishligi b o ‘Isa, uning uyiga mehmon bo'lgandir,
savdogarchiligi b o ‘Isa,
Marg'ilonga kelgandir,
Do'stlaringiz bilan baham: |