Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


“Jomi ”da,  abadiy qarori uchun ilgaridan yasab qo 'ygan maskaniga


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

“Jomi ”da, 
abadiy qarori uchun ilgaridan yasab qo 'ygan maskaniga 
yotqizdilar... ”
Endi «Qutlug‘ qon» romanining matniga e’tibor beraylik:
«Vaqtpeshindan oqqan edi. Iyul oyning quyoshi hamma yoqni 
olov seli bilan to ‘Idirgan, havo allaqanday oq alanga bilan jimgina 
yonganday».
Agar diqqat bilan nazar tashlansa, Yo‘lchining Toshkentga kirib 
kelishi vaqti saraton bir kunining og‘ir damlari vaqti, jonzot issiq 
azobidan qutilish maqsadida o‘zini soyaga urgan, qimir etgan tirik 
jon ko‘rinmaydigan, xatto qilt etgan shamol ham yo‘q onlar ekani 
ayon bo‘ladi. Bunday paytni adib bejiz tanlamagan ko‘rinadi, chun- 
ki Yo‘lchi ham hayotidagi azob beruvchi mashaqqatli qismatdan 
qutilarmikanman degan maqsadda Toshkentga kirib keladi. 
{Cunning og‘ir damlari bilan Yo‘lchining hayotidagi qiyinchilik, 
nochorlik onlari bir-biriga hamohang.
Yo‘lchi kambag‘allik, nochorlik vajidan boy tog‘asi Mirzakarim- 
nikiga ish-najot qidirib keladi, shu joyda Gulnomi uchratadi va uni 
sevib qoladi. Ammo bu ikki yosh baxtiga keksa Mirzakarimboy
163


to‘g‘anoq boiadi. Gulnoming sodda, go‘l otasi - Yormatning 
yordamida boy Gulnorga uylanadi. Bu kunlardan ko‘ra o‘limni 
afzal bilgan Gulnor meros taqsimlanishidan vahimaga tushgan 
boyvachchalar tomonidan zaharlab o‘ldiriladi.
Tiriklikdan bor umidini uzgan Yo‘ lchi 1916-y ildagi «mardikorga 
olish» sababli ko‘tarilgan milliy ozodlik qo‘zg‘olonida birinchilar 
qatorida turib halok bo‘ladi. Adib tasvirida bu voqea quyidagicha 
ko'rinish oladi.
Adib asarni “0 ‘tkan kunlar”dagi singari bosh qahramonning 
bosqinchilarga qarshi kurashib halok bo‘lishi bilan intihosiga 
yetkazadi.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Asar boshlovining adib ijodidagi ahamiyati nimada?
2. Asarning tugashi hamisha ham tugalishimi?
3. Turli adiblar asari boshlanishidagi va tugashidagi o‘xshashlik 
tasodifiymi, yo..?
4. 0 ‘z asaringizni qanday boshlaysiz va tugatasiz?



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling